IT Park “Startup Meetup” dasturi uchun spikerlarni qabul qilmoqda

IT Park “Startup Meetup” loyihasi doirasida o‘tkaziladigan haftalik oflayn va onlayn uchrashuvlarda ishtirok etish uchun butun dunyodan spikerlarni taklif etadi .

Tadbirlar boshlang’ich malakaga ega mutaxassislar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, venchur kapital fondlaridan investitsiyalarni jalb qilish, investorlar uchun taqdimot yaratish, huquqshunoslik, PR va marketing va boshqa yo’nalishlarni qamrab oladi.

Startaplar bilan bog'liq qiziqarli mavzuda (venchur investitsiyalari, akseleratsiya/inkubatsiya, investorni jalb qilish usullari, chet elda startapni rivojlantirish, muvaffaqiyatli keyslar, startap-hikoyalar, moliya, marketing va boshqalar) nutq so'zlashga tayyor bo'lgan har bir kishi arizani to’ldirishi mumkin: https://forms.gle/5PoTxdaSaKyHqd1T6.

Hujjatlar 18-avgustgacha qabul qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun sh.rasulova@it-park.uz elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

2022-08-03