IT-Park tadbirkorlikni rivojlantirish loyihasi bo‘yicha tijoriy takliflarni to‘plamoqda

IT Park “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida xizmatlarning ayrim turlari bo‘yicha bozor narxlarini o‘rganish bo‘yicha tijoriy takliflar to‘plashni e’lon qiladi.

“Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Oʻzbekistonda 2022-yil fevral oyidan BMTTD bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. U 2022-2024 yillarga moʻljallangan boʻlib, Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, raqamli tadbirkorlik koʻnikmalarini, raqamli vositalarni shakllantirish va qulay muhitni yaxshilash orqali yoshlar, ayniqsa, ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Qo‘shma tashabbus bandlikni, raqobatbardoshlikni va COVID-19 va shunga o‘xshash inqirozlarga chidamlilikni oshirishga hissa qo‘shadi va shu tariqa tengsizlikni kamaytiradi, inklyuziv, innovatsion va barqaror iqtisodiy o‘sishni va ish o‘rinlarini yaratishni ta’minlaydi.

Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun IT Park biznes muhitini rivojlantirish, jumladan raqamli texnologiyalar sohasida zarur tajriba va malakali kadrlarga ega kompaniyalar bilan hamkorlik asosida alohida tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Shu munosabat bilan, ayrim turdagi xizmatlarning bozor narxlarini o‘rganish bo‘yicha tijorat takliflarini to‘plash e’lon qilinadi.

Loyihani amalga oshirishda sheriklik uchun kompaniya tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq xarid tartib-taomillari asosida amalga oshiriladi.

Takliflar quyidagi elektron manzillardan biriga yuborilishi mumkin: info@it-park.uz yoki j.kagirov@it-park.uz.

Qo'shimcha savollar uchun yuqoridagi elektron pochta manzillariga murojaat qiling yoki +998 712091199 raqamiga qo'ng'iroq qiling.

Takliflarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2022-yil 7-oktabr, soat 17:00 gacha.

Texnik topshiriq bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

https://docs.google.com/document/d/117bzW_nI2c2uvo7KZmNUCLiroeOuPJPQ/edit?usp=sharing&ouid=105556356109023638605&rtpof=true&sd=true

2022-09-12