IT Park Tashkentʼda Coding Monday bo‘lib o‘tdi

2022-yil 31-yanvar kuni IT Park Tashkentʼda Coding Monday tadbiri doirasida yosh dasturchilar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Coding Monday – bu tadbir, uning maqsadi esa IT sohasi mutaxassislari oʻrtasida tajriba va bilim bilan almashish.  Yanada koʻp tajribali IT-mutaxassislar yangi boshlanuvchilarga yordam berishadi, hamfikrlarni topishadi va bir-biridan oʻrganishadi.

Coding Mondayʼning maʼruzachilari esa Mars IT School va MODME CRM asoschilari va CTO’dagi Ruslan Yuldashev, frilanser, Unitec School oʻquv markazi asoschisi Shaxboz Jurayev, MBition (Mercedes Benz) kompaniyasining Expert Executy Engineer - Slava Moskvin va DataSite Technologyʼning senior software developer - Yevgeniy Astashev boʻldilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar mobil ilovalarni yaratish, reverse engineering, veb-ilovalar, optimallashtirish va hokazo mavzularda o‘zaro suhbatlashdilar.

Ushbu tadbir har qanday darajadagi yosh IT-mutaxassislarga hamfikrlarni topish va eng muhimi, ushbu sohaga qiziquvchi IT-mutaxassislar hamjamiyatini yaratish imkonini beradi.

 

2022-02-02