IT Park tomonidan AloqaTech Lab loyihasi doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

O‘tgan hafta davomida IT Park AloqaTech Lab loyihasi doirasida akseleratsiya va inkubatsiya dasturida ishtirok etuvchi barcha loyihalar bilan individual ravishda uchrashuvlar o‘tkazdi.

Unda startap ekotizimlarini rivojlantirish bo‘limi rahbari Farruh Maqsumov, AloqaVentures kompaniyasi vakili Mirolim Abdullayev va IT Park tashqi loyihalar bo‘yicha menejeri Parmanqulov Sanjar ishtirok etmoqda.

Uchrashuv davomida har bir startap loyihasi bilan AloqaTech Lab shartlarida ko‘rsatilgan talab va takliflar muhokama qilinadi.

Akseleratsiya va inkubatsiya dasturi shartlariga ko‘ra, IT Park quyidagi xizmatlarni taqdim etishi kerak:

- (manba va) resurslar

- PR yo‘nalishida ko‘mak

- netvorking

- maslahatlar (huquqiy, moliyaviy)

Bundan tashqari, uchrashuvda “AloqaTech Lab” loyihasini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar ham bildirildi.

2022-06-23