IT Park tomonidan daraxt ekish aksiyasi davom etmoqda

IT Park umummilliy loyiha doirasidagi daraxt ekish aksiyasida ishtirok etishda davom etmoqda. Bu gal kompaniya xodimlari poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida 50 tup terak ko‘chati ekdi. Ushbu tumanning o‘zida shanba kuni esa 130 tup daraxt ko‘chati ekildi.

Aksiya O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2021-yil noyabr oyida boshlangan “Yashil makon” loyihasi doirasida o‘tkazildi. Loyiha maqsadi shahar markazlarida toza havoni ta’minlash, inson salomatligiga e’tibor hamda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan.

Loyiha davomida kelgusi besh yilda mamlakatimiz bo‘ylab 1 milliard tup buta va daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

 

2022-04-26