IT Park tomonidan kibersport bo‘yicha “Youth Esports CUP” chempionati respublika bosqichi tashkil etiladi

24–25-iyun kunlari poytaxtimizda yoshlar o‘rtasida kibersport bo‘yicha “Youth Esports CUP” chempionati respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa IT Park tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasi va uning hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Bellashuvdan ko‘zlangan maqsad mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ular o‘rtasida kibersport musobaqalarini tashkil etish orqali professionallarni aniqlashdan iborat.

Musobaqalar quyidagi yonalishlarda o‘tkaziladi:

Jamoaviy sport o‘yinlari (jamoada 5+1 ishtirokchi):

  • CS: GO
  • DOTA 2

Yakka tartibdagi:

  • FIFA22
  • PES22

Musobaqada 42 nafar g‘olib tanlab olinadi. Ya’ni yakka tartibdagi sport o‘yinlari bo‘yicha 6 nafar (har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 ta sovrin), jamoaviy sport o‘yinlarida esa 36 nafar (har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 ta sovrindor jamoa) yetakchi aniqlanadi.

Tanlov finali Yoshlar Ijod Saroyida bo'lib o'tadi.

2022-06-13