IT Park tomonidan Prezident maktabi o‘quvchilari uchun IT Business Intelligence bo‘yicha kurslar tashkil etildi

IT Park «MAAB Innovations» rezidenti va Toshkent Prezident maktabi bilan hamkorlikda Prezident maktabi o‘quvchilari uchun IT Business Intelligence yo‘nalishi bo‘yicha trening tashkil etdi.

Dasturning asosiy maqsadi – bolalarga biznes tahlili sohasida har tomonlama bilim berish. Tanlov Prezident maktabining 5-, 6-, 7- va 8-sinflarida algoritmik fikrlashga moyil, axborot texnologiyalariga qiziquvchi o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazildi.

Saralash tanlovida 40 dan ortiq bola ishtirok etdilar, ulardan 12 nafari dastur bo‘yicha o‘qish uchun tanlab olindi. Darslar fevral oyida boshlangan va o‘quv yili oxirigacha davom etadi.

Biznes-analitika (BI) – bu menejerlar, rahbarlar va xodimlarga biznes-qarorlarini qabul qilishda yordam beradigan amaliy maʼlumotlarni taqdim etish uchun maʼlumotlarni tahlil qilish va texnologik jarayonlarni ishlab chiqish jarayoni. Jarayon doirasida biznes-tahlilchi tashkilotning ichki IT-tizimlari va resurslaridan maʼlumotlarni toʻplaydi, ularni tahlil qilishga tayyorlaydi, maʼlumotlarni soʻraydi va maʼlumotlarni vizualizatsiya qiladi, BI boshqaruv paneli va hisobot uchun tezkor qarorlar qabul qiladi.

2022-05-10