IT Park universitetida ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi

15-iyuldan 19-iyulgacha O‘zbekistonning 12 shahrida IT Park universitetida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi.

ITPU mamlakatning istalgan nuqtasidan IT yoʻnalishida taʼlim olish mumkin boʻlgan ilk universitet.

ITPU Open Day 2022 doirasida quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:

• ITPU universiteti taqdimoti;

• ajoyib sovgʻalar oʻynaladigan turli tanlovlar;

• ingliz tilida demo testlar;

• EPAM mutaxassislarining taqdimoti;

• hamkorlardan mazali taom va gazaklar.

Ochiq eshiklar kuni quyidagi shaharlarda boʻlib oʻtadi:

15.07.2022

09:30-12:00

Namangan (A.Navoiy koʻchasi, 29) va Samarqand (A.Temur koʻchasi, 224-uy);

15:30-18:00

Marg‘ilon (Xiyobon ko‘chasi, 65-uy) va Navoiy (Nurafshon, 18-uy).

16.07.2022

09:30-12:00

Buxoro (M.Iqbol koʻchasi, 10-uy) va Andijon (A.Qodiriy koʻchasi, 87-uy);

15:30-18:00

Qarshi (I. Karimov ko‘chasi, 288-uy).

17.07.2022

13:30-16:00

Termiz (A. Temur koʻchasi, Yoshlar markazi binosi)

18.07.2022

09:30-12:00

Jizzax (I.Karimov ko‘chasi, 169-uy);

15:30-18:00

Guliston (Navoishox koʻchasi, “Barkamol avlod” binosi)

19.07.2022

09:30-12:00

Nurafshon (Birlik MFY, Toshkent yoʻli koʻchasi, 60-uy);

10:30-13:00

Urganch (Tinchlik ko‘chasi, 6)

Avgust (aniq sana va vaqt keyinroq e’lon qilinadi)

Nukus

Toshkent

Ishtirok etish uchun Telegram-bot orqali ro‘yxatdan o‘ting: @itpu_bot.

Qo'shimcha ma'lumot uchun: +99855 5039999

Eslatib oʻtamiz, universitet taʼsischilari AKT vazirligi koʻmagida IT Park va EPAM kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan. Universitet dasturi IT sohasida zamonaviy va talabgir kasblarni egallashga qaratilgan. Ta’lim aralash tarzda, asosan esa onlayn formatda olib boriladi, bu esa butun mamlakat bo‘ylab talabalarga poytaxtga ko‘chib o‘tmasdan turib ta’lim olish imkonini beradi.

2022-07-08