IT Park Uzbekistan BAA va MENA mamlakatlari kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda

Dubayga tashrif doirasida IT Park Uzbekistan kuzatuv kengashi raisi Farhod Ibragimov boshchiligidagi IT Park Uzbekistan delegatsiyasi BAAning IT-kompaniyalari va tashkilotlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. ITes-sektorining eksport salohiyatini rivojlantirish, autsorsing imkoniyatlari, hamkorlikni kengaytirish va o‘zbek startaplarini BAA bozori va MENA mintaqasiga chiqishda qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

DIFC Innovation Hub

Farhod Ibragimov “DIFC Innovation Hub” bosh direktori Muhammad Albushi bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvda raqamli texnologiyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Xususan, tomonlar “DIFC Innovation Hub” yordamida o‘zbek startaplarini BAA va Saudiya Arabistoni bozorlariga kengaytirishda qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

DIFC Innovation Hub” startaplarga BAA va Saudiya Arabistoni bozorlariga kirish imkonini beruvchi yangi platformani taqdim etdi. U mintaqada rivojlanishdan manfaatdor bo‘lgan global startaplar uchun mo‘ljallangan. Platforma 100 000 dan ortiq startap va 150 dan ortiq investorni birlashtirishi, venchur kapitalini jalb qilish uchun kuchli ekotizim yaratishi kutilmoqda.

Uchrashuv doirasida “DIFC Innovation Hub” o‘zbekistonlik startaplar uchun seminar o‘tkazdi. Seminar davomida ishtirokchilar BAA bozoriga kirish imkoniyatlari haqida qimmatli ma’lumotlar oldilar, shuningdek, “DIFC”da ro‘yxatdan o‘tish va biznes yuritish uchun noyob shart-sharoitlarni taqdim etuvchi startaplar uchun yangi platforma bilan tanishdilar.

Uchrashuv IT Park rezidentlariga nafaqat “DIFC” innovatsion muhitida ishlashning o‘ziga xos xususiyatlarini chuqurroq tushunish, balki o‘z loyihalarini kengaytirish uchun amaliy vositalardan foydalanish imkonini berdi. MENA mintaqasidagi eng yirik fintech markazi bo‘lgan “DIFC Innovation Hub” o‘zbek startaplari uchun global texnologik ekotizimga qo‘shilishning yangi istiqbollarini ochmoqda.

Uchrashuv yakunida “DIFC Innovation Hub” vakillari O‘zbekistonning raqamli texnologiyalar sohasidagi yuqori salohiyatini ta’kidladilar. O‘z navbatida, “DIFC Innovation Hub” o‘zbek startaplarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, ularning mintaqaviy innovatsion ekotizimga integratsiyalashuviga yordam berishini bildirdi.

“DIFC Innovation Hub” — Yaqin Sharqdagi eng yirik innovatsion hamjamiyat bo‘lib, 1300 dan ortiq texnologik kompaniyalarni, jumladan, innovatsion korxonalar, raqamli laboratoriyalar va rivojlanish bosqichidagi ta’lim muassasalarini o‘z ichiga oladi. 

Odoo

IT Park vakillari “Odoo” kompaniyasining BAAdagi kanallar va alyanslar bo‘yicha direktori Yusuf Zeynden va BAAdagi o‘rta bozor va korporativ biznes bo‘limi rahbari Rashit Goel bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvda kompaniyaning O‘zbekiston va mintaqadagi rivojlanish rejalari muhokama qilindi. “Odoo” kompaniyasining BAAdagi ofisi Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari uchun mas’ul bo‘lib, kompaniya allaqachon O‘zbekistonda bir nechta muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan.

O‘tgan yili “OdooTATU bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzolab, ta’lim dasturini ishga tushirgan edi. Endi kompaniya keyingi qadamni tashlamoqda — O‘zbekistonda Markaziy Osiyo va qo‘shni davlatlarga xizmat ko‘rsatadigan mintaqaviy ofis ochishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda va mutaxassislarning keskin tanqisligini his qilmoqda. “Odoo” Python tilida ishlaydi va Python dasturchilarga muhtoj, shu sababli o‘zining ta’lim dasturlarini faol rivojlantirmoqda va O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashga tayyor.

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston IT-mutaxassislari orasida “Odoo” kompaniyasining tanilishini oshirish bo‘yicha seminarlar o‘tkazish va “Odoo” texnologiyasiga o‘tish uchun bitta murabbiy va o‘nta dasturchi bilan tajriba loyihasini ishga tushirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Agar bu loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, “Odoo” O‘zbekistonda mintaqaga xizmat ko‘rsatadigan texnik yordam va ishlab chiqish ofisini ochishga tayyor.

IT Park Uzbekistan vakillari “Odoo” vakillarini ni 26-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan “Offshore Outsourcing Conference” tadbiriga taklif etishdi.

Comarch

Tashrif doirasida Farhod Ibragimov “Comarch” kompaniyasi bilan muzokaralar olib bordi, unda “Comarch Middle East FZ LLC Telco” kompaniyasining katta ijrochi direktori Martin Kammer va sotuvlar bo‘yicha direktori Samir Xermassi ishtirok etdi.

Tomonlar O‘zbekistonda bek-ofis ochish va IT Park Uzbekistan rezidentlarini qo‘llab-quvvatlash dasturlari masalalarini muhokama qildilar.

Comarch” MENA mintaqasida faol ish olib bormoqda va O‘zbekistonga xalqaro loyihalar uchun strategik maydon sifatida qarab, Markaziy Osiyodagi faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya O‘zbekistonda yetkazib berish ofisini ochish va mutaxassislarni ishga olishga qiziqish bildirib, O‘zbekistonning yuqori kadrlar salohiyatini ta’kidladi.

Zero Risk” dasturining afzalliklari va biznesni rivojlantirish hamda operatsion xatarlarni kamaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydigan IT Park rezidentligi imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

“Comarch” O‘zbekistonni keyingi o‘sish uchun asosiy bozor sifatida ko‘rmoqda va faol hamkorlikka tayyor. IT Park mamlakatning Markaziy Osiyodagi texnologik va biznes markazi sifatidagi mavqeyini mustahkamlashda davom etmoqda.

Comarch” — dasturiy ta’minot ishlab chiqish va tizim integratsiyasiga ixtisoslashgan xalqaro IT-kompaniyasidir. Kompaniya telekommunikatsiya, moliya, bank sektori, xizmatlar va davlat boshqaruvi sohalarida yechimlar taqdim etadi. 1993-yilda Krakovda (Polsha) asos solingan “Comarcholti qit’ada, 100 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi, 60 ta sho‘ba korxonasiga ega bo‘lib, xodimlarining umumiy soni 6425 kishini tashkil etadi. Kompaniyaning yillik daromadi 460,9 million dollarga yetadi.

Bunday kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatish O‘zbekiston startaplari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, mamlakatning innovatsion ekotizimi rivojlanishini jadallashtiradi. Hamkorlik global investorlar va mutaxassislar bilan aloqa o‘rnatishni ta’minlaydi, venchur sarmoyasini jalb qilishga ko‘maklashadi va biznesni kengaytirishni tezlashtiradi.

Bundan tashqari, tartibga solish va investitsiyalar sohasidagi tajriba almashinuvi O‘zbekistonning mintaqadagi yetakchi innovatsion markaz sifatidagi o‘rnini mustahkamlaydi, milliy startap ekotizimining salohiyatini to‘liq namoyon etadi va yangi ish o‘rinlarini yaratadi.

2025-02-19