2025-yil 21–23-may kunlari IT Park Uzbekistan delegatsiyasi Yevropaning eng yirik texnologik va startap tadbiri — “GITEX EUROPE 2025”da ishtirok etadi. Ushbu forum butun dunyodan innovatorlar, sanoat yetakchilari, hukumat vakillari va investorlarni birlashtirib, global raqamli transformatsiyani jadallashtirishga xizmat qiladi.
Tadbir doirasida 100 dan ortiq mamlakatdan 40 000 dan ziyod mutaxassis, 1 000 ta startap, 800 nafar investor va 500 dan ortiq spiker qatnashadi. Ishtirokchilar sun’iy intellekt, Big Data, bulutli texnologiyalar, kiberxavfsizlik, ekotexnologiyalar, kvant hisoblash va boshqa yo‘nalishlardagi ilg‘or yechimlarini taqdim etishadi.
IT Park Uzbekistan kuzatuv kengashi raisi Farhod Ibragimov “Caucasus Meets Central Asia: The Rise of Eurasia’s Next Tech Powerhouse” nomli panel muhokamasida Gruziya innovatsion texnologiyalar agentligi raisi Avtandil Kasradze, “Astana Hub” bosh direktori Magjan Madiyev va “EU4Innovation” eksperti Nejda Xovanesyan bilan birga ishtirok etadi.
Sessiya Markaziy Osiyo va Kavkaz o‘rtasidagi yangi texnologik yo‘nalish salohiyatiga bag‘ishlanadi. Ishtirokchilar mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik — O‘zbekistondagi IT-autsorsing va Qozog‘istondagi moliyaviy texnologiyalar taraqqiyotidan tortib, Armanistonning muhandislik kadrlari va Gruziyaning startaplar uchun qulay muhitigacha — global investitsiyalarni jalb qilishga qanday yordam berishi va an’anaviy texnologik markazlarga muqobil variantlarni shakllantirishini muhokama qiladilar. Shuningdek, yagona innovatsion ekotizimni yaratish yo‘lidagi asosiy qiyinchiliklarga ham e’tibor qaratiladi.
Bundan tashqari, “GITEX EUROPE 2025” doirasida “Central Asian Innovation Hubs” tarkibida quyidagi o‘zbek startaplari taqdim etiladi:
GITEX EUROPE 2025 quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
Shuningdek, 14 ta tematik sammit va 500 dan ortiq global ekspertlar ishtirokida konferensiyalar dasturi tashkil etiladi. Asosiy mavzular: sun’iy intellektni joriy etish, bulutli texnologiyalar va 5G, kiberxavfsizlik, deep tech, “yashil” texnologiyalar, kichik va o‘rta biznes uchun davlat xaridlari va boshqa yo‘nalishlar.
GITEX EUROPE 2025 — turli sohalarda texnologiyalar almashinuvi, xalqaro hamkorlik va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun muhim platforma.
Berlindagi global texnologik hamjamiyatga qo‘shiling!
Batafsil ma’lumot: www.gitex-europe.com
2025-05-06