IT Park va “Astrum” IT-Akademiyasi mukofot jamg‘armasi 45 million so‘m bo‘lgan “ASTRUMHACK 2022” xakatonini o‘tkazadi!

IT Park rezidenti “Astrum” IT-Akademiyasi, IT Park va xalqaro “Veon” kompaniyasi bilan birgalikda 45 million so‘m mukofot jamg‘armasiga ega barcha uchun “ASTRUMHACK 2022” xakatonini tashkil qiladi.

 Xakaton – bu IT-mutaxassislari (dasturchilar, dizaynerlar) uchun musobaqa boʻlib, unda jamoalar muayyan biznes muammosini hal qiladigan mahsulot prototipini yaratishi kerak.

 Bunday tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarning IT va biznes sohalarida yangi innovatsion yechimlarni yaratishga qiziqishini oshirish hamda yosh dasturchilarning amaliyotini o‘tashi uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat.

 “ASTRUMHACK 2022” xakatonining ishtirokchilari quyidagi yo‘nalishlardan birida biznes muammosini hal qiladigan raqamli mahsulotni yaratishlari kerak bo‘ladilar:

  • Sogʻliqni saqlash;
  • Sayohat va turizm;
  • Moliya;
  • Ekologiya;
  • Qishloq xoʻjaligi;
  • Xodimlar bilan ishlash;
  • “Astrum” IT-Akademiyasining vazifasi.

 

Sovrinlar haqida?

 Ishtirokchilar nafaqat xakaton g‘olibining unvoniga, balki qimmatbaho sovg‘alar uchun ham kurashadilar:

  •  1-o‘rin – 20 million so‘m
  •  2-o‘rin – 15 million so‘m
  •  3-o‘rin – 10 million so‘m

 

 Qolaversa, tanlov g‘oliblari Beeline xalqaro kompaniyasining alohida sovg‘alariga ega bo‘ladilar.

 

 Qanday qilib ishtirok etish mumkin?

-  Gʻalaba qozonishga tayyor boʻlish!

 Muhim: “ASTRUMHACK 2022” xakaton doirasida bitta jamoa faqat bitta yechim bilan ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, xakatonning barcha ishtirokchilari tanlovga o‘z noutbuklari bilan kelishlari shart.

 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 8-martgacha

 Xakaton sanasi: 2022-yil 11–13-mart

 Manzil: “Astrum” IT-Akademiyasi

 Barcha savollar uchun qoʻngʻiroq qiling: +99897 333-20-20

 

2022-02-26