IT Park va “Bayskills” kompaniyasining eksklyuziv hamkori Skillbox va GeekBrains tomonidan, kasbga yoʻnaltirish boʻyicha vebinar tashkil qilishadi

2022-yil 15-fevralda IT Park Skillbox va GeekBrains’ning eksklyuziv hamkori bo‘lgan Belarusning “Bayskills” IT-kompaniyasi bilan birgalikda kasb yo‘nalishini tanlash bo‘yicha vebinar tashkil qiladi.

Vebinar davomida “Bayskills” maʼruzachilari sizga tegishli va talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar haqida gapirib berishadi, hamda, ushbu kasblarni egallash uchun qayerga oʻqishga borish kerakligini aytib berishadi.

Vebinar Zoom platformasida o‘tkaziladi va Youtube’da efirga uzatiladi. Qolaversa, vebinar ishtirokchilari GeekSchool tomonidan istalgan kurs uchun 300 000 so‘m miqdoridagi grant yutib olishlari mumkin.

Sana: 2022-yil 15-fevral.

Vaqt: 10:00 dan 11:00 gacha.

Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali so‘rovnomadan oʻtishingiz kerak: https://mrqz.me/prof-opros-uz

2022-02-01