2022-yil 22-aprel kuni IT Park va Beeline Uzbekistan Digital Operatori o’rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Hujjat imzolanishi munosabati bilan oʻtkazilgan yigʻilishda IT Park direktorining innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Jahongir Rajabov va “Beeline Uzbekistan” raqamli operatori moliyaviy direktori Tomas Tendzegolskis ishtirok etdi.
Hujjat “Tumaris.Tech” loyihasi doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorlik asosida imzolandi. Loyiha tashkilotchisi — IT Park, tadbirlar rasmiy raqamli hamkori — Beeline Uzbekistan. Memorandum ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda hamkorlikni nazarda tutadi.
Eslatib oʻtamiz, Tumaris Tech — Oʻzbekistonda IT sohasida ayollarning texnologik tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash loyihasidir. Loyiha USAID koʻmagida IT Park tomonidan tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish maqsadida yaratilgan.
2022-04-22