IT Park va DEIK hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilmoqda

5-iyun kuni IT Park ofisiga DEIK bosh direktori Ozgur Onur Ozguven va Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi Savdo boʻlimi savdo vakili Ahmet Melih Horata tashrif buyurdilar.

Kun tartibida hamkorlik imkoniyatlari va DEIKʼning O‘zbekiston forumlarida ishtirok etishi muhokama qilinadi.

IT Park xodimlari mehmonlarga tashkilot, uning maqsadlari va yutuqlari haqida so‘zlab berdilar. Ahmet Melih Horata rezident kompaniyalar qanday maxsus imtiyozlarga ega boʻlishlari, One Stop Shop xizmati qanday ishlashi, shuningdek, kadrlar tayyorlash masalalari va relokatsiya dasturi bilan qiziqdi.

Ozgur Onur Ozguven IT Park bilan hamkorlik qilish istagini bildirdi. U oʻz kompaniyasi “Digital Leadership Forum 2023” va “AKT Week 2023”da oʻz stendi bilan eksponentlar sifatida qatnasha oladimi, deb soʻradi.

DEIK rahbari faoliyati IT Parkʼka oʻxshash Anqaradagi Texnologik markaz haqida aytib oʻtdi. U IT-xizmatlar eksporti sohasida qo‘shma loyihalar yaratish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun texnologik markaz vakillari bilan birgalikda IT Parkʼga yana tashrif buyurishni rejalashtirayotganini aytib oʻtdi.

2023-06-06