IT Park va Fujifilm System Services hamkorlikni mustahkamlamoqda

IT Park Uzbekistan vakillari, startap va investitsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha direktor Elyor Maksudov boshchiligida “Fujifilm System Services Corp.” direktorlar kengashi raisi Inoue Amane rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida tomonlar tizimli rivojlanish va EdTech sohasida pilot loyihalar rejasini tayyorlash, shuningdek, Toshkentdagi “Japan Digital University” bilan hamkorlikda ishchi guruhlar tuzishga kelishib oldilar.

Fujifilm System Services — “FUJIFILM” guruhiga kiruvchi yapon IT-kompaniyasi bo‘lib, u tizim integratsiyasi, dasturiy ta’minot ishlab chiqish, bulutli va infratuzilma yechimlarini joriy etish bilan shug‘ullanadi. Asosiy yo‘nalishlari ma’lumotlarni boshqarish, sun’iy intellektga asoslangan amaliy yechimlar, raqamli transformatsiya bo‘yicha konslating va BPO-xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Kompaniyada 1684 nafar xodim ishlaydi, yillik daromadi taxminan 840 million dollarni tashkil etadi. Bosh qarorgohi Tokioda joylashgan, loyihalar va ofislar Yaponiya va undan tashqarida faoliyat yuritadi. Kompaniya, shuningdek, Vyetnamda 200 dan ortiq yapon tilida so‘zlashuvchi muhandislar bilan autsorsing ofisiga ega; biroq loyihalarni kengaytirish uchun dasturchilar yetishmayotgani kuzatilmoqda.

Uchrashuvda “Fujifilm System Services” delegatsiyasi o‘z yo‘nalishlarini — tizimli ishlab chiqish va integratsiya, IT-infratuzilmasi va bulutlar, ma’lumotlar va sun’iy intellekt yechimlari, raqamli transformatsiya bo‘yicha konsalting va BPO-xizmatlarini taqdim etdi. Tomonlar, shuningdek, autsorsing xizmatlarini rivojlantirish uchun kompaniyaning O‘zbekistonda ofshor bo‘linmasini ochish imkoniyatini muhokama qildilar.

IT Park Uzbekistan uchun mazkur hamkorlik kuchli xalqaro jamoa tajribasidan foydalanish imkonini beradi, yirik texnologiya kompaniyasi bilan birgalikda sinov loyihalarini tezroq ishga tushirishga yordam beradi va rezidentlarimizning xorijiy bozorlarga, ayniqsa Osiyoga chiqishini osonlashtiradi.

2025-10-17