IT Park va Oʻzbekiston venchur investitsiyalash Assotsiatsiyasi “Startap-yangiliklar” nomli yangi loyihani ishga tushirmoqda.

IT Park Oʻzbekiston venchur investitsiyalash Assotsiatsiyasi, Universal Bank va Centil advokatlik firmasi bilan hamkorlikda investitsiyalar, startaplar, axborot texnologiyalari, innovatsiyalar va marketing haqidagi “Startap -yangiliklar” nomli axborot-yangilik poskast loyihani ishga tushirmoqda.

Platforma nafaqat yangiliklarni uzatish, balki Oʻzbekistondagi startap-loyihalar orasida tajriba almashishga ham xizmat qiladi.

Bundan tashqari, loyiha doirasida startaplar asoschilari nashr uchun oʻz startaplari haqidagi maʼlumotlarni quyidagi havola boʻyicha yuborishlari mumkin: https://forms.gle/f66THBuaXEfZvg2F9

Podkast yangiliklarga manba sifatida: techcrunch.com, crunchbase.com, vc.ru, techinasia.com, rusbase.ru va internet tarmogʻida IT sohasiga oid xabarlarni olish boʻyicha eng yaxshi hisoblangan boshqa yetakchi platformalar xizmat qiladi.

2020-03-27