7-may kuni O‘zbekiston Respublikasida nishonlanadigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi mutaxassislari kuni munosabati bilan mamlakatimiz IT-ekotizimini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan IT Park xodimlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi topshirig‘iga ko‘ra, IT Park Toshkent viloyati filiali boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Sarvar Pirnazarov “O‘z kasbining ustasi” faxriy nishoni bilan, rezidentlarni ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i Rufina Ismailova esa yuqori kasbiy mahorati va mamlakatning raqamli tashabbuslarini ilgari surishdagi faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Mukofotlanganlar safida quyi tashkilotlar, boshqarma va bo‘limlar, jumladan, xalqaro hamkorlik, kommunikatsiyalar, hududiy rivojlanish va ta’lim tashabbuslari yo‘nalishlari vakillari ham bor. Ularning faoliyati O‘zbekistonning mintaqaviy IT-hab sifatidagi mavqeini mustahkamlashga va texnologik tadbirkorlik uchun qulay ekotizim yaratishga xizmat qilmoqda.
IT Park har bir AKT mutaxassisiga o‘z ishiga sadoqatli yondashuvi va soha rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun chuqur minnatdorchilik bildiradi. Sizning mehnatingiz mamlakatimizning raqamli transformatsiyasini yangi bosqichlarga olib chiqishda ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.
2025-05-07