IT Park vakillari JD Solution kompaniyasi rahbari bilan hamkorlikni muhokama qilish maqsadida uchrashdilar

IT Park bosh direktori Farhod Ibragimov boshchiligidagi delegatsiya JD Solution kompaniyasi rahbari Jae Yeong Ho bilan uchrashuv oʻtkazdi.

JD Solution — shtab-kvartirasi Seulda joylashgan Koreya kompaniyasi. JD Solution sunʼiy intellektdan foydalangan holda Sound of Technology — Ovozli yechimlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Bundan tashqari, kompaniya ovoz belgilari asosidagi kartalardan foydalanmasdan avtobuslar uchun avtomatik toʻlov tizimini integratsiya qilish, shuningdek, xavfsizlikni taʼminlash va tunnellardagi favqulodda vaziyatlarni nazorat qilish uchun ovozli axborot tizimini yaratish bilan shugʻullanadi.

Uchrashuv chogʻida IT Park vakillari Jae Yeong Hoga Oʻzbekiston haqida batafsil maʼlumot berib, mahalliy mehnat bozorining afzalliklari va “Zero Risk” dasturi boʻyicha kompaniya ofislarini ochish imkoniyatlarini koʻrsatib oʻtishdi.

“JD Solution” kompaniyasi rahbari, ayniqsa, oʻzbekistonlik yosh mutaxassislar, soliq imtiyozlari va mamlakatda ofis ochish uchun barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam berish masalalariga qiziqish bildirdi. Madaniy oʻxshashlik hamda koreys va ingliz tillarini mukammal bilishi tufayli mahalliy kadrlar bilan hamkorlik ayniqsa samarali boʻlishi kutilmoqda.

IT Park vakillari “JD Solution” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat Oʻzbekiston, balki butun mintaqa uchun muhimligini taʼkidladilar. Shu sababli, Jae Yeong Hoga mahalliy resurslar va IT-mutaxassislardan foydalangan holda Oʻzbekiston bozorida ofis ochish va oʻz ishlanmalarini boshqa yaqin mamlakatlarga joriy qilish taklifi berildi.

Oʻzbekistonda “JD Solution” autsorsing ofisining ochilishi mamlakat uchun katta foyda keltiradi. Bu Koreyaning yetakchi IT-soha mutaxassislari bilan tajriba almashish orqali yangi ish oʻrinlari yaratish va oʻzbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini beradi. Oʻzbekiston, shuningdek, ilgʻor texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etishdan manfaat koʻradi, bu esa mahalliy IT-infratuzilmasini rivojlantirishga va Oʻzbekistonning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga hissa qoʻshadi.

2024-06-28