IT Park Yandex.Cloud vakillari bilan mitap tashkil qiladi

25-avgust kuni soat 18:30 da Yandex.Cloud platformasi vakillari bilan oflayn mitap boʻlib oʻtadi.

Sessiyani Yandex.Cloud startap-hamjamiyati rahbari Yekaterina Luchaninova va CIS marketing boyicha direktori Janar Maxambetova olib boradilar. Ular sizga digital-loyihalarni rivojlantirish uchun Yandex Cloudʼdan qanday foydalanishingiz mumkinligini va buning uchun qanday qoʻllab-quvvatlash vositalari mavjudligini aytib berishadi.

Bundan tashqari, Yandex.Cloud vakillari startaplar uchun B2B-marketing tajribasi bilan boʻlishadilar va oʻsish bosqichida jamoalar uchun asosiy ogʻriqli nuqtalarni tahlil qiladilar.

Tadbir rus tilida boʻlib oʻtadi. Otkazish joyi: IT Park Tashkent (Maxtumquli kochasi, 1A).

Ishtirok etish uchun arizalar 24-avgustgacha qabul qilinadi. Sessiyaga ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin:
https://forms.gle/WX6Gwohy4Exad9MQ9 . 

Spikerlar haqida maʼlumot:

  • Yekaterina Luchaninova xalqaro bozorda Yandex Cloud Boost startaplarini qollab-quvvatlash dasturini rivojlantirish uchun masʼul. Startap mentori, turli akseleratorlar va demo-kunlarining taklif qilingan hakamlar hayʼati aʼzosi, B2B2C-savdosi, xalqaro bozorlarga chiqish va biznesni rivojlantirish boʻyicha katta tajribaga ega;
  • Janar Maxambetova MDH mamlakatlarida sotishni koʻpaytirish va brend xabardorligini oshirishga qaratilgan kampaniyalar va marketing faoliyatini boshlash uchun javobgar. Janar blokcheyn, maxsus dasturiy taminot yaratish va bulutli xizmatlar kabi yuqori texnologiyali sohalarda B2B-marketingida katta tajribaga ega.

2022-08-17