1991-yil 18-noyabrda “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi. Unda davlat bayrogʻi mamlakatning davlat suvereniteti ramzi ekanligi belgilab qoʻyilgan.
Ushbu tadbir munosabati bilan “IT Park Uzbekistan”da bir qator tadbirlar, jumladan, Davlat bayrogʻining yaratilish tarixi va ahamiyatiga bagʻishlangan maʼruzalar va mahorat darslari oʻtkazildi.
IT Park xodimlari tashkilot hududida oʻrnatilgan bayroq atrofida respublika madhiyasini kuylashdi.
Bundan tashqari, “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” shiori ostida Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi lentalari yopishtirilgan aksiya oʻtkazildi.
2023-11-18