IT Parkda startaplarga bag’ishlangan mahorat darsi tashkil etildi

24-iyun kuni IT-parkning Toshkent filialida startaplar salohiyatini kengaytirishga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ma’ruzachisi Silikon vodiysidan venchur kapitali va startaplar sohasidagi ekspert, VU Venture Partners kompaniyasi sherigi hamda “500 Global” tashkiloti innovatsion strategiyalar bo‘limi boshlig‘i Kip Stringfellou bo‘ldi.

Tadbir ingliz tilida olib borildi.  Kip Stringfellou sessiya ishtirokchilariga tadbirkorlar va investorlar O‘zbekistonda biznes yaratish uchun jahon tendensiyalaridan qanday foydalanishlari mumkinligi haqida so’zlab berdi.

Sessiyada AloqaTech Lab startaplari asoschilari mutaxassisdan loyihalarni yakunlash va takomillashtirish bo‘yicha maslahatlar olishdi.

2022-06-25