IT Parkning Xorazm filialida “Best Soft Challenge” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

2022-yil 7-may kuni IT-Parkning Xorazm filialida “Best Soft Challenge” tanlovining hududiy bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 33 nafar ishtirokchi o‘z loyihalarini taqdim etdi.

Final bosqichida quyidagi nominatsiyalarda bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib borildi:
 • Aqlli shahar (Smart city);
 • Kompyuter va mobil o'yinlar;
 • Savdo va xizmatlar;
 • AKT sohasida innovatsion g‘oyalar.

Faxriy 1-o‘rinni Xonqa tumanidan Alloyarov Oybek, 2-o‘rinni Urganch shahridan Yusupova Zuxra va 3-o‘rinni Yangibozor tumanidan Ibragimov Otabek egalladi.  G‘oliblarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari hamda tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmalar topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, “Best Soft Challenge” har yili yoshlar oʻrtasida tashkil etiluvchi dasturiy taʼminot ishlab chiqish bo’yicha tanlov sanaladi.  Undan ko‘zlangan maqsad iqtidorli yosh dasturchilarni aniqlash va rag‘batlantirish, ularning innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash va mahalliy dasturiy ta’minot bozorini rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.

2022-05-07