IT Tadbirkor: IT sohasidagi tadbirkorlar uchun onlayn kurslar!

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi IT Park bilan hamkorlikda onlayn taʼlimga qaratilgan loyihani yoʻlga qoʻyishdi.

Loyihadan koʻzlangan maqsad — IT sohasida biznes-tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha kurslar tashkil etish, kishilarda innovatsion faoliyat ruhini paydo qilish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda talab yuqori boʻlgan innovatsion yondashuvni biznes tashkil etishda yoʻlga qoʻyish.

Kurs 2 oyga moʻljallangan 12 ta darsni oʻzi ichiga oladi. Haftasiga 2 ta darsdan oʻtiladi (dushanba va payshanba kunlari).

Toʻliq online kurs dasturi Zoom platformasida olib boriladi. Bundan tashqari, samarali boshqaruv va ishtirokchilar oʻrtasidagi muloqotni rivojlantirish uchun Telegram guruhi tashkil etiladi. Har bir dars yakunida amaliy topshiriqlar beriladi.

Kursni butunlay tamomlagan ishtirokchilar diplom ishi yozishlari kerak.

O‘rganuvchilar videomaʼruzalar bilan bir qatorda, soha ekspertlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri savol-javob tarzida muloqot qilish mumkin boʻlgan vebinarlarda ham ishtirok etishlari mumkin.

Kurs tili: oʻzbekcha

Kursni yakunlab erishish mumkin bo'lgan natijalar:

- oʻz biznes-taxmin va gʻoyalarini tekshira bilish qobiliyati;

- orzudagi jamoani shakllantirish;

- mahsulotning hayotiy aylanmasini aniqlash va rejalashtirish imkoniyati;

- kompaniyani strategik va operatsion boshqarish koʻnikmalariga ega boʻlish;

- moliyaviy reja va KPI yaratish;

- loyiha taqdimotlari va muzokaralar olib borish;

- sarmoya va grantlarni jalb qilish;

- mahsulot koʻlamini kengaytirish va boshqa bozorlarga chiqarish.

Kursga roʻyxatdan oʻtish: https://epark.uz/courses/10/landing

2020-09-03