“IT xizmatlari eksporti — bizning ustuvor vazifamiz”: Mahliyo Muksinova IWTC 2025 doirasida IT Park tashabbuslarini taqdim etdi

IT Park xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha direktori Mahliyo Muksinova telekommunikatsiya sohasidagi muhim tadbir — “International Wholesale Telecom Congress (IWTC 2025)”da ishtirok etdi. Mazkur tadbir o‘nlab mamlakatlardan aloqa operatorlari, yirik texnologiya kompaniyalari va soha ekspertlarini birlashtirdi. Forum “UZTELECOM” kompaniyasi tomonidan tashkil etdi.

Carrier Community” xalqaro hamjamiyati tomonidan o‘tkaziladigan “IWTC” telekommunikatsiya sohasidagi global tendensiyalar — 5G texnologiyalari, bulutli yechimlar joriy etishdan tortib, suv osti kabel tizimlari va kiberhavfsizlikni rivojlantirishgacha. 2025-yilgi anjumanda 1000 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, Aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdo‘stlik yig‘ilishi doirasidagi MDH davlatlari aloqa idoralari vakillari qatnashdi.

Mahliyo Muksinova, IT Park xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha direktori:

“IT-autsorsing va BPO — bu O‘zbekistonning xalqaro maydonda raqobatlashishiga xizmat qilayotgan iqtisodiy drayverlardir. Bizning vazifamiz — kompaniyalarni jahon standartlariga olib chiqish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va infratuzilma yaratishdan iborat. Shunda har bir tuzilgan shartnoma O‘zbekistonning mintaqadagi yetakchilik sari tashlagan navbatdagi qadamiga aylanadi.”    

IT Parkning “IWTC 2025” tadbiridagi ishtiroki hamda telekommunikatsiya, IT-xizmatlar va BPO sohalari o‘rtasidagi sinergiya O‘zbekistonning raqamli markaz bo‘lib shakllanishiga ko‘maklashadi.

2025-04-15