Jamoamizga biznes tahlilchi qidirmoqdamiz!

 

Tashkilot haqida ma’lumot:
IT Park – bu istiqbolli startap loyihalarni ta’minlash hamda ularni bozorga chiqarishga mo’ljallangan IT kompaniyalar uchun eksterritorial mustaqil hudud, jumladan ilmiy va ta’lim tashkilotlari bilan integratsiya qilish hisobidan tashkil etilgan obyektlar, binolar va qurilishlar kompleksidir. IT sohasida aktiv va iqtidorlilar o’zlarining g’oyalarini buxgalterlik, yuridik, marketing hamda ilmiy ko’maklashish hisobidan haqiqiy biznes loyihaga aylantira oladigan maskan. 

Lavozim vazifalari: 
-  To’plash, baho berish va tahlil qilish maqsadida tahliliy ish yuritish, shuningdek IT yechim (startap) larni tatbiq etish uchun amaliy takliflarni ishlab chiqish; 
-  Loyihalarni yuritish (sifat, muddat, byudjet hamda xatarni nazorat qilish);
-  Buyurtmachilar bilan aloqa yuritish (rejalar, muddat, talab va byudjetni kelishish);
-  Tahliliy hujjatlarni tayyorlash; 

Talablar:
-  Tahlil/ menejment/ IT sohasida oliy ma’lumot; 
-  3 yildan kam bo’lmagan ish tajribasi;
-  IT bozorini yaxshi bilish;
-  Hujjat yuritish bo’yicha bilimga ega bo’lish (texnik hamda loyihaviy hujjatlar);
-  Ingliz, rus va o’zbek tillarida yozish hamda suhbatlashishni mukammal bilish; 
-  Ofis dasturlarida ekspert darajasida ishlay olish. 

Ko’nikmalar:
-  Qisqa muddatda natijaga erisha olish;
-  Taqqoslash, baholay olish hamda monitoring yuritishda ko’nikmaga ega bo’lish;
-  Kommunikatsion qobiliyatlar; 

Sharoitlar: 
-  4 000 000 so’mdan boshlanadigan maosh;
-  OʼzR MK bo’yicha rasmiy ishga joylashish; 
-  Ish jadvali 9:00 dan 18:00 (5/2) ga qadar;
-  Taʼtillar; 

Jamoamizga kimni izlayapmiz:
-  Bizning qiziqishlarimizni biz bilan baham ko’radigan;
-  Tashabbus hamda natija ko’rsata oladigan faol hodim;
-  Jamoadoshlarni eshitib tinglay oladigan, shuningdek, ish vaqtida murakkab jarayonlarni samarali hal qila oladigan, jamoada ishlay oladigan ishchi; 
-  Mijozlarimiz muammolariga qiziqish bilan yondosha oladigan va ularga yordam bera oladigan hodimni izlayapmiz. 

Rezyumelaringizni telegram orqali @hr_managerIT1 akkauntiga yoki email orqali hr@it-park.uz ga yuborishingizni so’rab qolamiz.

2020-07-03