Jizzax viloyati Paxtakor tumanida kibersport musobaqalarining mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.01.2022-yildagi № PQ-92 “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etildi.
Turnirda 20 ta mahallalararo jamoalar ishtirok etish istagini bildirdilar. Ulardan 5 nafari CS:GO jamoaviy tarkibiga yoʻl oldilar. Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar diplom va tuman bosqichiga yo‘llanma oldilar.
Quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladilar:
1-o‘rin – “Cybercom”;
2-oʻrin – “Rengers”;
3-o‘rin – “Yoshlik”.
Olti nafar yosh ishtirokchi FIFA22 shaxsiy tarkibida g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. G‘oliblar:
1-o‘rin – Aziz Abdusalomov;
2-o‘rin – Shahzod Rahmonov;
3-o‘rin – Javohir Nizomov.
Barcha g‘oliblarga diplom va tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmalar topshirildi.
2022-05-11