Jizzax viloyatidagi 550 nafat maktab direktorlari IT Park’da bepul malaka oshiradilar!

Jizzax viloyatidagi 550 nafar maktab direktorlari Jizzaxda joylashgan IT Park filialida AKT sohasida savodxonlikni oshirish hamda o‘z bilimlarni takomillashtirish va onlayn platformalardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha malaka oshirishmoqda.

O‘qish jarayoni va o‘qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari Rustam Karimjonov va Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliev Jizzax viloyatida joylashgan IT Park filialiga tashrif buyurishdi.  Qolaversa, Hindistonlik maslahatchi, IT Park maslahatchisi, Jizzaxning IT Park filiali direktori Jayram Partasarti mehmonlarga ekskursiya tashkillashtirdi va ularga o‘qituvchilarning malakasini oshirish dasturi haqida batafsil so‘zlab berdi.

Malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilar operatsion tizimlar bilan ishlash, Microsoft Office dasturlarida ma’lumotlarni tayyorlash, umail.uz, ijro.xtv.ux va dasturiy ta’minot kabi platformalardan yanada samarali foydalanishni o‘rganadilar.

Shuni ham ta’kidlash joizki, o‘qituvchilar elektron ma’lumotlar bazasi, shu jumladan, daily.com, ERP, oo.uzedu.uz, atestat.uzedu.uz, my.mehnat.uz platformalari bilan ishlash bo‘yicha tajriba orttirishadi. 

Ta’lim xarajatlari Jizzax viloyati hokimligi tomonidan qoplanadi. 

Shu kabi ta’limga bog‘liq tashabbuslar umumta’lim maktablari o‘qituvchilariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, AKT sohasi bo‘yicha savodli mutaxassislar sonini ko‘paytirishga yordam beradi.

2021-02-17