Jizzax viloyatidagi yangi va istiqbolli yo‘nalishlardan biri – global e-commerce sohasida faoliyat yuritayotgan “EMOTIV MARKETPLACE CONSULTANTS” BPO markazi faoliyati bilan tanishdi. Mazkur kompaniya xalqaro e-commerce platformalarida, jumladan, eBay, Amazon, Aliexpress va boshqa yirik onlayn savdo maydonchalarida ishlovchi sotuvchilarga B2B formatda professional xizmatlar ko‘rsatadi.
Uchrashuvda kompaniya rahbari 2026-yilgacha eksport hajmini 1 million AQSh dollariga yetkazish va 60 ta yangi ish o‘rni yaratish rejasini taqdim etdi. Bu esa Jizzaxda yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy kadrlarni jalb qilish va IT-BPO ekotizimini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Vazir kompaniyaning xalqaro platformalarga xizmat ko‘rsatishdagi imkoniyatlarini kengaytirish, jamoa malakasini oshirish va eksportni barqaror rivojlantirish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Uchrashuv davomida tomonlar e-commerce yo‘nalishidagi innovatsion loyihalarni rivojlantirish, mahalliy va xalqaro bozorlarga xizmat ko‘rsatishni kengaytirish hamda Jizzax viloyatida IT va BPO sektorining rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.
2025-12-04