Jizzaxda ilk bor “DevFest 2022 Jizzax” dasturchilar festivali boʻlib oʻtdi!

26-noyabr kuni Jizzax viloyatida birinchi texnologik festival DevFest bolib otdi. Tadbir Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, Google Developer Groups va Sambhram University tomonidan tashkil etildi.

Tadbir davomida Codemotion Ninja, iTransition Group, Toptal, iTechArt kabi xorijiy IT korxonalarida faoliyat yuritayotgan dasturchi-spikerlar IT sohasida oʻz yoʻllari haqida soʻzlab berishdi, oz tajribalari bilan boʻlishdilar va quyidagi yonalishlar boyicha amaliy master-klasslar otkazdilar:

  • Web-dasturlash;
  • Mobil dasturlash;
  • Dizayn.

Festivalda ishtirok etgan yosh dasturchilar tajribali hamkasblaridan barcha savollarga javob oldilar. Nazariy qismdan tashqari, tadbir amaliy ishlarni ham oʻz ichiga olgan. Shunday qilib, festival natijalariga ko‘ra, spikerlarning barcha amaliy topshiriqlarini bajargan eng faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar. 

2022-11-29