Jizzaxlik yoshlari AQSh kompaniyalari uchun autsorsing xizmatlarini amalga oshiradi

6-iyul kuni IT Parkning Jizzax filialida yangi IT-xizmatlarni masofaviy eksport qilish markazining (BPO Center) ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, IT Park va “Codevision” MCHJ rahbarlari ishtirok etdi.

Yangi BPO markazi Jizzax viloyatidagi ikkinchi markaz bo'lib, IT Park rezidenti "Codevision" MChJ bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Korxona AQSH bozoriga video, foto va boshqa media mahsulotlarini ishlab chiqarish xizmatlarini koʻrsatish maqsadida chet tillari va veb-dizayn yoʻnalishida tahsil olayotgan 15 nafar yoshlarni yuqori maoshli ish bilan taʼminladi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Xususan, birgina Jizzax viloyatida 2021-yilda viloyatda kompyuter dasturlash xizmatlari hajmi 2019-yilga nisbatan 36,5 barobar oshdi.

2022-07-07