Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Namangan viloyatiga tashrifi doirasida IT Park rezidentlaridan biri – logistika operator xizmatlarini ko‘rsatuvchi “JNG Technologies” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur kompaniya xalqaro bozorda o‘z xizmatlarini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yib, 2025-yil boshidan buyon 600 ming AQSh dollarlik AT eksportni amalga oshirdi. Shuningdek, korxona bugungi kunda 30 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlab, logistika sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali xizmat ko‘lamini kengaytirib kelmoqda.
Uchrashuv davomida vazir korxona jamoasining erishayotgan natijalarini yuqori baholab, “JNG Technologies” faoliyatini yanada kengaytirish, xizmatlar eksportini ko‘paytirish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar berdi.
Shuningdek, kompaniya hududiy iqtisodiyotda xizmatlar eksportini oshirish, yoshlarni yuqori malakali ish o‘rinlari bilan ta’minlash va logistika texnologiyalarini joriy etishda muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.
2025-09-18