Joriy hafta qaysi hududlarda IT Markazʼlar ochildi?

2021-yilning 27–28 aprel kunlarida Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanida yangi IT Markazʼlar ochilishi boʻlib oʻtdi.

Qulay taʼlim olish uchun barcha shart-sharoitlar bilan taʼminlangan IT Markazʼlar quyidagi kurslarni oʻz ichiga oladi:

— Kompyuter savodxonligi;
— Veb dasturlash;
— Grafika va dizayn asoslari;
— Arduino va LEGO Mindstorms asosida ishlaydigan mobil robotlar;
— Kibersport: CS:GO, Dota2, FIFA20.


Kurslar 9 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan bolalar va kattalar uchun moʻljallangan.

Qoʻngʻirot tumani
Tel: +998999512201
Manzil: Garezsizlik koʻchasi, 14-uy
Moʻljal: Tuman pochta aloqasi boʻlimi binosi
Qoʻngʻirot tumani hokimligi. 

Qumqo‘rg‘on tumani
Tel: +998990361199
Manzil: O‘zbekiston shox ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Qumqoʻrgʻon tumani aloqa binosi

2021-04-30