Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Silkroad Innovation Hub va IT Park AQShda yashovchi vatandoshlarni Kaliforniya shtatining San-Fransisko va Palo-Alto shaharlarida boʻlib oʻtadigan tadbirlarda qatnashishga taklif qiladi.
19-sentyabr kuni San-Fransiskoda TechCrunch Disrupt konferensiyasi oʻtkazilib, unda “Markaziy Yevroosiyo — innovatsiyalar uchun yangi bosqich” mavzusidagi panel muhokamasi boʻlib oʻtadi. Maʼruzachilar sifatida Markaziy Yevroosiyo texnoparklari, jumladan IT Park Uzbekistan, Astana Hub va boshqalar rahbarlari qatnashadi. Panel muhokamasidan soʻng ishtirokchilarga Startap Alleyʼga tashrif buyurish va Markaziy Osiyodagi startaplar bilan tanishish imkoni taqdim etiladi.
20-sentyabr kuni Palo-Alto shahridagi Silkroad Innovation Hub AQShda BPO va IT-autsorsing sohasida ishlaydigan vatandoshlar uchun uchrashuv joyiga aylanadi. Mehmonlar Oʻzbekistonda IT-sektorning rivojlanishi haqida maʼlumot olish va Oʻzbekiston bozoriga kirishni rejalashtirayotgan xorijiy kompaniyalar uchun noyob afzalliklarni taqdim etadigan IT Parkning yangi dasturlari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish shaklini toʻldirish talab qilinadi:
https://bit.ly/eventswithcompatriots
TechCrunch Disrupt konferensiyasidagi joylar soni cheklangan, tadbirlarda ishtirok etish bepul.
Savollaringiz boʻlsa, tadbir koordinatori Zaynab Atabayeva bilan elektron pochta orqali bogʻlanishingizni soʻraymiz: z.atabaeva@it-park.uz yoki +998 91 777 17 63 (WhatsApp mavjud).
2023-09-12