Kibersport bo‘yicha “STEELSERIES FRAG 7 SEASON” xalqaro turniri

2021-yil 1-noyabrdan 21-noyabrgacha Markaziy Osiyoning barcha davlatlari uchun CS:GO va DOTA2 kabi ikki yo‘nalish bo‘yicha xalqaro kibersport turniri o‘tkazilinadi.

Turnirning asosiy tashkilotchisi Frag.uz hisoblanadi va turnirning hamkorlari qatoriga quyidagilar kiradi:

- Axborot hamkori - IT Park (START local & GO global);

- Titul hamkori - SteelSeries (kibersportda 20 yillik innovatsiyalar);

- Bosh hamkor - Aorus (Team Up. Fight On);

- Shuningdek, geymerlar uchun do‘kon - G-Shop.

Ta’kidlash joizki, ushbu turnir O‘zbekiston tarixida bunday katta miqyosda o‘tkazilgan eng birinchi musobaqa hisoblanadi. Turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston kabi Markaziy Osiyo davlatlari ishtirok etadi.

Turnirning mukofot jamg‘armasi $4000 tashkil etadi.

DOTA 2

1 -o‘rin - $1000;

2 -o‘rin – $500;

3 -o‘rin – $300;

4 -o‘rin - $200.

CS:GO

1 -o‘rin - $1000;

2 -o‘rin – $500;

3 -o‘rin – $300;

4 -o‘rin - $200.

Ro‘yxatdan o‘tish:

DOTA 2:

4 ta kvalifikatsiya o‘tkazilinadi, shunga ko‘ra har bir jamoada play-off bosqichiga o‘tish uchun 4 ta imkoniyat mavjud.

Har bir kvalifikatsiyada maksimal jamoalar soni - 128 ta.

Jamoalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi havolaga o‘ting:

01.11.2021 – birinchi kvalifikatsiya - HAVOLA;
02.11.2021 – ikkinchi kvalifikatsiya  - HAVOLA;
03.11.2021 – uchinchi kvalifikatsiya  - HAVOLA;
04.11.2021 – to‘rtinchi kvalifikatsiya  - HAVOLA.

CS:GO

DOTA 2’da bo‘lgani kabi, CS:GO’da ham 4 ta kvalifikatsiya o‘tkazilinadi, shunga ko‘ra har bir jamoada play-off bosqichiga o‘tish uchun 4 ta imkoniyat mavjud.

Har bir kvalifikatsiyada maksimal jamoalar soni - 128 ta.

Jamoalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi havolaga o‘ting:

05.11.2021- birinchi kvalifikatsiya - HAVOLA;
06.11.2021 - ikkinchi kvalifikatsiya - HAVOLA;
07.11.2021 - uchinchi kvalifikatsiya - HAVOLA;
08.11.2021 - to‘rtinchi kvalifikatsiya - HAVOLA.

Turnir g‘oliblari Markaziy Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo‘lishadi.

Ro‘yxatdan o‘ting va g‘olib bo‘ling: https://frag.uz/tournament/87

2021-10-07