Kibersport: yangi musobaqa, yangi sovrin jamgʻarmasi!

 

2020-yilning 16–18-aprel kunlari Oʻzbekistonda FIFA20 va Counter Strike:Global Offensive boʻyicha "Adrenaline Open Cyber Cup" kibersport musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Ushbu turnir onlayn oʻtkazilganligiga qaramasdan, yetarli darajada qiziqarli koʻrinishda oʻtdi va tomoshabin hamda oʻyinchilarga koʻplab emotsiya va tajriba baxsh etdi.

Nihoyat, bir necha oydan soʻng biz Oʻzbekistonlik kibersportchilarga va shunchaki oʻyin ixlosmandlariga tez orada boʻlib oʻtuvchi navbatdagi musobaqa haqida xursandchilik bilan maʼlum qilmoqchimiz.

Tashkilotchilar: MITC, IT Park, Adrenaline Rush, ARCRED kibersport tashkiloti.

Biz bu safar faqat CS:GO va FIFA 20 bilan cheklanmasdan, dasturga yana ikkita oʻyinni kiritishga qaror qildik: DOTA 2 va PUBG Mobile.

Sovrin miqdori koʻpaymoqda, va joriy musobaqa mukofot jamgʻarmasi 129 000 000 soʻmni tashkil qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalgi musobaqa mukofot jamgʻarmasi 60 000 000 soʻmni tashki qilgan edi.

Yanada koʻp oʻyinlar, yanada koʻp emotsiyalar va yanada koʻproq sovrin!

Bu safar barchasa yanada jiddiyroq.

Yangiliklarni kuzatib boring va musobaqa haqidagi yangi eʼlonlarni oʻtkazib yubormang.

Muhokama uchun Telegram-guruhiga havola:  https://t.me/itpark_cybersport

 

2020-07-06