Korporativ akselerator: Oʻzbekiston va Rossiyalik spikerlardan vebinarlar!

IT Park Ucell bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda birinchi korporativ akselerator tashkil etdi. Buning nima ekanligini va akseleratorning asl qiymatini anglab yetishingiz uchun Oʻzbekiston va Rossiyaning eng yaxshi mutaxassislari bilan 3 ta master-klass oʻtkazishga qaror qildik. Axir, ming marta eshitgandan koʻra, bir marta akseleratorning qanchalik zoʻrligini koʻrgan yaxshi emasmi?

Master-klass haqida qisqacha:

Birinchi master-klass:

Mavzu: “Talabni tasdiqlash”;

Spikerlar: Akmal Vasiyev va Yelena Karandasheva;

Sana: 2020-yil, 2-oktyabr;

Vaqti: 19:00.

- Har bir startap asoschisi uchun mahsulotga pul va vaqt sarflashdan oldin uning bozorda haqiqiy talabga egaligini bilish juda muhimdir. Ushbu vebinarda spikerlar turli metodologiyalarni qoʻllash, isteʼmolchilarni oʻrganish va ularning haqiqiy talablarini tushunish va bunda ortiqcha hissiyotlardan qochish haqida gapiradi. DGP agentligi direktori, Akmal Vasiyev va operatsion menejeri Yelena Karandashevalar maʼruza qilishadi.

Ikkinchi master-klass:

Mavzu: “Startaplarni yuritish”;

Spiker: Aleksandr Solovyov;

Sana: 2020-yil, 5-oktyabr;

Vaqt: 19:00.

- Biz, global bozorda katta raqobat davrida yashayapmiz. Bunday sharoitda mahsulot va kompaniyalarning qolgan qismidan ajralib turish juda muhimdir. Qmarketing, Qmarketing Academy va Refocus.me (AQSh) asoschisi, Aleksandr Solovyov mahalliy bozorlarda raqobatchilarni magʻlub qilish va xalqaro miqyosga olib chiqish uchun nimalar qilish kerakligi borasida soʻz yuritadi.

Uchinchi master-klass:

Mavzu: “Tez oʻsish”;

Spiker: Bobir Nurmuhamedov;

Sana: 2020-yil 7-oktyabr;

Vaqt: 19:00.

- Muvaffaqiyatli ish yuritishning asosiy xususiyatlaridan biri — doimiy va tez oʻsish. Lekin samara bermaydigan narsaga vaqt sarflamaslik uchun toʻgʻri oʻsish nuqtalarini qanday topish mumkin? Bizning ekspert — Bobir Nurmuhamedov, Korzinka, EasyTaxi kabi loyihalarda katta tajribaga ega Bobir sizga startapni qanday qilib tez oʻsishi, oʻsish nuqtalarini topish va ularni toʻliq ishlatish haqida gapirib beradi.

Barcha master-klasslar vebinar formatida oʻtkaziladi. Ishtirok eting va korporativ akselerator borasidagi shubhalaringizni bartaraf qiling va eng muhimi — oʻzingizga boʻlgan ishonchni oshiring!

Vebinarlarda ishtirok etish uchun havola sizga bir soat oldin pochta orqali yuboriladi. Elektron pochtangizni tekshiring va tartup@it-park.uz spam xatlar orasida emasligiga ishonch hosil qiling.

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://forms.gle/4snEmWeqkieuV4Pi6

Korporativ akselerator haqida batafsil maʼlumot: https://it-park.uz/uz/itpark/news/it-park-va-ucell-tomonidan-startaplar-uchun-korporativ-akselerator-yo-lga-qo-yildi

2020-09-29