LeverX Group’dan SAP ABAP bo‘yicha bepul o‘quv kursi

LeverX Group O‘zbekistonda SAP ABAP dasturlash tilida ishlash bo‘yicha bepul onlayn kurs boshlangani haqida e’lon qiladi. Dastur IT sohasida o'z karyerasini qurmoqchi bo'lganlar uchun mo'ljallangan.

Talablar:

- kasbiy ta’lim (IT/Texnik, uchinchi, to'rtinchi yoki beshinchi kurs talabalari);

- OOP va SQL tili bo‘yicha ko‘nikmalar;

- IT sohasida ish tajribasiga ega talabgorlar ham ishtirok etishi mumkin;

- ingliz tilini bilish darajasi Intermediate’dan past bo‘lmasligi lozim;

- tahliliy ko‘nikmalar va jamoada ishlash qobiliyati;

- mas’uliyatlilik.

O‘quv kurslari rus tilida olib boriladi. 10 ta darsdan iborat kurs 17-iyunda boshlanadi hamda onlayn tarzda Zoom orqali seshanba va juma kunlari soat 19:00 dan 22:00 gacha (mahalliy vaqt bilan) o‘tkaziladi. Kursda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga ish taklif qilinadi. Bu ilg‘or xalqaro IT-kompaniya jamoasi a’zosiga aylanish uchun ajoyib imkoniyat.

Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi havola bo‘ylab o‘ting: https://leverx.com/careers/courses/abap-development-course

Qo‘shimcha ma’lumot uchun elektron pochta manzili: train@leverx.com.

2022-06-02