LeverX International CAU IT Park rezidentiga aylandi

SAP platformasi negizida dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, veb, mobil va bulutli yechimlarni yaratishga ixtisoslashgan xalqaro IT-kompaniya LeverX Group IT Park rezidentiga aylandi.

LeverX International CAU direktori Farhod Mamadjonov ta’kidlaganidek, IT Park rezidenti bo‘lish kompaniya uchun katta sharafdir.

“Biz uchun bu IT-kompaniyalar erkin iqtisodiy zonasidagi yirik ekotizimning bir qismiga aylanish imkoniyatidir. Biznes va axborot texnologiyalarining uyg‘unligi kompaniyamizga ulkan rejalarni amalga oshirish, dadil raqamli loyihalarni yo‘lga qo‘yishga sharoit yaratadi. IT Park rezident kompaniyalarini soliqqa tortishning muqobil yondashuvi esa mamlakat ichida moliyaviy kapitalni saqlab qolish va shu tariqa iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo‘shishga undaydi”.

LeverX Group kompaniyasining Toshkentdagi vakolatxonasi o‘tgan yili ochilgan edi. 20 yillik tarixga ega kompaniya o‘zini har qanday biznesning texnologik yordamchisi sifatida ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. LeverX Group kompaniyasining O‘zbekistondagi muhim mijozlari qatoriga Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi hamda mahalliy avtomobil va mikroavtobuslar  ishlab chiqaruvchisi “UzAuto Motors” kiradi. Umuman olganda, kompaniya portfeli butun dunyo bo‘ylab 500 dan ortiq mijozlarni o‘z ichiga oladi.

LeverX Group haqida: 

LeverX Group o‘zida LeverX va Emerline jamoalarini birlashtiradi. Emerline brendi ostida kompaniya G‘arbiy Yevropa va AQSh startaplari-yu, yirik biznes kompaniyalari uchun veb va mobil yechimlarni ishlab chiqadi. LeverX SAP strategik hamkori va “SAP Gold Partner”statusi egasidir.

2021-yilda kompaniya ofislari soni 8 taga ko‘paydi. 5 ta davlatda, jumladan Vilnyus, Vrotslav, Toshkent va Heidelberg shaharlarida yangi manzillar paydo bo‘ldi.

2022-06-20