LockerPost yangi startap uchun grafik qahramon yaratish boʻyicha tanlov boshlanganligini eʼlon qiladi!

IT Parkʼda akseleratsiya dasturidan oʻtgan startap yangi startap uchun grafik qahramon yaratish boʻyicha tanlov boshlanganligini eʼlon qiladi.

LockerPostʼga modali, zamonaviy, texnologik yangiliklarga qiziquvchan va loyihaning yuzi boʻla oluvchi olmaxon kerak.

Ishtirokchilarga qahramonning dizayni yoki stili boʻyicha hech qanday toʻsiqlar qoʻyilmaydi.  Bolalarga xos animatsion versiyadan tortib olmaxonni kiberpank qahramonga aylantirishgacha boʻlgan original gʻoyalar maʼqullanadi – muhimi ovoz beruvchilarning eʼtiborini jalb qilish. 

Sovrinlar:

1-oʻrin: LockerPost yacheykasidan 3 oy bepul foydalanish uchun sovgʻa sertifikati yoki 1 000 000 soʻm pul miqdoridagi mukofot;
2-oʻrin: LockerPost yacheykasidan 1 oy bepul foydalanish uchun sovgʻa sertifikati yoki 500 000 soʻm pul miqdoridagi mukofot;
3-oʻrin: LockerPost yacheykasidan 1 hafta bepul foydalanish uchun sovgʻa sertifikati yoki 500 000 soʻm pul miqdoridagi mukofot;

Diqqat:

Pul mukofoti tanlangan taqdirda, gʻoliblar yutuq miqdoridan daromad soligʻi toʻlashni oʻz boʻyniga oladilar. 

Tanlov shartlari:

Ishtirokchilar loyihaning yuzi boʻluvchi Olmaxon koʻrinishidagi grafik qahramonni yaratishlari lozim. Avval aytib oʻtganimizdek, ishtirokchilarga qahramonning stili yoki dizayni boʻyicha hech qanday cheklovlar yoʻq. Konsepsiyani koʻrsatib berish uchun ishtirokchilar qahramonning ikki-uch xil holatda turgani aks ettirilgan sketchni yuborishlari lozim boʻladi. Illyustratsiya oʻlchami, grafika formati yoki koʻrinishi konsepsiya qabul qilinganidan soʻng muhokama qilinadi. 

LockerPost, shuningdek, ishtirokchilardan qabul qilingan grafik qahramonlarni oʻz marketing materiallarida ishlatish yoki ishlatmaslik huquqini saqlab qoladi. Oʻz ishlarini tanlovga taqdim qilar ekan, ishtirokchilar ushbu qahramonga tegishli intellektual mulk huquqini va  konsepsiyani istiqbolda ishlab chiqish huquqini topshiradi. Gʻoliblar https://t.me/belkalockerpost havolasidagi telegram kanalida ommaviy ovoz berish orqali aniqlanadi.

Oʻz ishlaringizni istalgan oʻquv formatida FISH hamda mobil telefon raqamini koʻrsatgan holda pochtaga yuboring: http://belkalockerpost@gmail.com

Ishlarni qabul qilish 2020-yil 20-avgust soat 20:20 da toʻxtatiladi.

Gʻoliblar 23-avgust kuni eʼlon qilinadi.

Barchaga omad!

2020-08-11