Biz hozir GameDev Goethe inkubator uchun logotip ishlab chiqish ustida ish olib bormoqdaniz va buning uchun sizning kreativ yordamingiz kerak
Sizning g‘oyangiz oʻyinni yaratishda inkubator kubogi shaklida amalga oshiriladi.
Kreativligingizni osonlashtirish uchun bo‘lg‘usi logotip uchun bir nechta yoʻnalishlarni tayyorladik:
Tetris.
Bu koʻpchilik uchun ma’lum bo‘lgan shakllar bilan bog‘liq oʻyin. Kubiklar katakchalariga GDG harflarini kiritish mumkin.
Kontroller oʻqlari.
Bolalikdan bizga maʼlum boʻlgan kontroller oʻqlari ham oʻyinlar bilan bogʻliq.
Klassik joystik.
Atari kabi birinchi konsollarning Voxel uslubida (Mincraft’ga o‘xshab kubiklardan iborat) soddalashtirilgan joystik.
Ishlaringizni yuboring, zero bu sizning mahoratingiz va ijodkorligingizni koʻrsatish va portfoliongiz uchun ajoyib ish qilish imkoniyati bo‘ladi.
Logotiplar 2D/3D formatda, telegram orqali qabul qilinadi: @salihoff
2020-10-19