Maktab o‘quvchilari IT Park’ga tashrif buyurishdi!

Joriy yilning 30-aprel kuni 121-sonli maktabning 8,9 va 10-sinf o‘quvchilari IT Park’ga tashrif buyurishdi.

IT Park xodimlari yosh mehmonlarga IT Park ofisi bo‘ylab ekskursiya tashkil etishdi hamda ularga tashkilot faoliyati, IT sohasi istiqbollari va tashkilot tomonida  amalga oshirayotgan loyihalari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Bu kabi tashriflar maktab o‘quvchilariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, o‘quvchilar hozirgi kunda foydalanishlari mumkin bo‘lgan IT sohasiga oid imkoniyatlar haqida bilib olishadi.

2021-04-30