Mamlakatimizda yangi O‘zbekiston-AQSh BPO korporatsiyasi tashkil etiladi

2022-yil 24-iyun kuni Kaliforniya shtati Irvin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park Uzbekistan va "LoadStop" kompaniyasi hamkorligidaUzbekistan-USA: Logistics Technology & BPO Shared Opportunitiesnomli tadbir  tashkil etildi.

Tadbirda 50 dan ortiq BPO sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar va Irvin shahri meri Farra Xan hamda Irvin Savdo-sanoat palatasi prezidenti Brayan Star boshchiligidagi davlat organlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekistonga biznes-jarayonlari autsorsingi yonalishida yirik buyurtmalarni jalb etish, mavjud BPO kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, O‘zbekistonda yangi BPO eksport korporatsiyasi ochilishi haqida e’lon qilish.

AKT vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistondagi yangi autsorsing bozori salohiyati haqida soz yuritar ekan, mamlakatimizda mavjud zarur shart-sharoitlar, jumladan, xalqaro talablarga mos qonunchilik, yosh iste’dodlarning ko‘pligi, zarur zamonaviy infratuzilma, soliq va bojxona imtiyozlari taminlanganligi hamda IT sohasida ta'lim yolga qoyilganligiga urg'u berdi. Bu esa, o'z navbatida, O'zbekistonni autsorsing sohasidagi hamkorlik uchun eng jozibador davlatga aylantiradi.

Shuningdek, IT Park rezidenti “RevoTech” kompaniyasi tomonidan “LoadStop” nomli startapga sarmoya kiritilganligi alohida qayd etildi. Ta’kidlash joiz, qiymati 50 million AQSH dollaridan yuqori baholangan startap transportni boshqarishning innovatsion tizimini ko‘zda tutadi. Kompaniya esa uning hammuassisi hisoblanadi.   

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Access Capital Management Corp” o‘rtasida IT va BPO sohasida o‘zaro hamkorlik hamda qoʻshma korporatsiya tashkil etish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Boʻlajak korporatsiya 3 yil ichida 1100 ta ish oʻrni yaratilishi hamda AQSH va Oʻzbekistonda yuridik shaxs tadbirkorlik subyektlari ochilishini nazarda tutadi. Qayd etilishicha, yangi korporatsiya sug‘urta, faktoring, QA (sifat nazorati) va multimedia kabi yo‘nalishlar autsorsingi bo‘yicha kelishuvlarga erishgan.

Tadbirning rasmiy qismidan so‘ng Amerika kompaniyalari ishtirokida B2B formatidagi uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda IT Park rezidenti maqomini olish tartibi va rezidentlarga taqdim etiladigan imtiyozlar muhokama qilindi. Shuningdek, “ICT WEEK Uzbekistan 2022” konferensiyasi doirasida tadbirlarni tashkillashtirish masalalari ham ishtirokchilar e’tibor markazida bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: Business Process Outsoursing (BPO — biznes jarayonlari autsorsingi) autsorsing turlaridan biri bo‘lib, bunda tashkilot asosiy bo‘lmagan biznes jarayonlarini boshqa kompaniya zimmasiga yuklaydi.

2022-06-27