Markaziy Osiyo jamoalari o‘rtasida eng yaxshi fintex yechimni topishga qaratilgan tanlovda ishtirok eting

Fintech Hub AIFC Uralsib Bank bilan birgalikda Markaziy Osiyo jamoalari o‘rtasida eng yaxshi fintex yechim topishga qaratilgan tanlovini ishga tushirmoqda. Tanlovda ishtirok etish orqali siz Rossiyadagi fintex startaplari uchun eng yaxshi hamkorlardan biri asosida o‘z mahsulotingizni keng targ‘ib etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz:

Tanlovda ishtirok etish uchun:

- sizda tayyor mahsulot bo‘lishi kerak ( MVP dan sanoat yechimigacha);

- mahsulotingiz bankning ustuvor yo‘nalishlariga mos kelishi kerak (mijozlar soni va LTV’ning o‘sichi, tranzaksion xizmatlar, OPEX qisqarishi).

IT Park ushbu tanlovning hamkori hisoblanadi va O‘zbekistondagi startaplarga ushbu tanlovda ishtirok etishni hamda o‘zlarini sinab ko‘rishlarini tavsiya qiladi.

Ariza topshirish muddati - 2021-yil 9-iyun.

Ma’lumot o‘rnida:

Fintech Hub AIFC

Fintech Hub AIFC – jahon miqyosidagi startaplar, tadbirkorlar, investorlar, sanoatning yetakchi ekspertlari va iste’dodli mutaxassislarning uchrashuv nuqtasidir.

AIFC Fintech Hub’ning roli venchur kapital fondlari va moliya institutlari uchun bir qator imkoniyatlar orqali Qozog‘iston va mintaqada o‘ziga xos, xilma-xil va foydali fintex platformasini rivojlantirishga yordam berishdan iborat.

Uralsib banki

Uralsib banki - bu fintex startaplari bilan faol va muntazam ravishda ish olib borayotgan Rossiyadagi eng muvaffaqiyatli raqamli transformatsiyalardan biri.

Bank mamlakatdagi 25 ta eng yirik banklar qatoriga kiradi va sof foyda keltirish bo‘yicha top-10 talikdan joy olgan. Xodimlar soni 9 mingdan ziyod.

Tanlov haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://cutt.ly/4nfqWP6

2021-05-31