“Markaziy Osiyo tijoratga tayyor” manfaatdor tashkilotlarni ishtirok etish uchun ariza topshirishga chorlaydi.

Xalqaro Savdo Markazi (XSM) tomonidan amalga oshirilayotgan va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Markaziy Osiyo tijoratga tayyor” (Ready4Trade Central Asia) loyihasi hududlararo hamda xalqaro savdo, shuning barobarida elektron tijoratni rivojlantirishga qaratilgan. O‘zbekistonda IT Park loyiha hamkori hisoblanadi.

“Markaziy Osiyo tijoratga tayyor” (CA Ready4Trade) loyihasi Markaziy Osiyo mamlakatlari hududlararo hamda xalqaro tijoratini transchegaraviy talablarning shaffofligini oshirish, me’yoriy va protsessual to‘siqlarni bartaraf etish, savdo rasmiyatchilik va standartlarga rioya qilish bo‘yicha biznes salohiyatini mustahkamlash, shuningdek transchegaraviy elektron tijoratni yaxshilash orqali yuritishga yo‘naltirilgan. 

Loyiha qiziquvchi barcha kompaniyalarni ishtirok etish uchun ariza topshirishga taklif etadi. Ishtirokchilar tanlov asosida saralab olinadi. Loyiha qatnashuvchilari ta’lim va elektron platformalardan foydalanishda asqatadigan amaliy maslahatlarni olishlari mumkin bo‘ladi.

Arizalar 2020-yilning 25-sentyabrigacha qabul qilinadi.

To‘qimachilik sanoati korxonalari va hunarmandlarga ustunlik beriladi.

Batafsil ma’lumot olish va loyihada ishtirok etish uchun murojaat qiling:

- https://ecommerce4uz.questionpro.com (rus tilida) 

- https://uzecommerce4uz.questionpro.com (o‘zbek tilida).

2020-09-10