Master of Business Administration: biznes boshqaruvi yoʻnalishi magistri kim va nima uchun u IT sohasiga kerak?

Hozirgi kunda IT sohasi jadal surʼatlar bilan rivojlanib bormoqda. Axborot texnologiyalari olami tobora turli xil mutaxassisliklar va yoʻnalishlar bilan boyib borishiga qaramasdan, hanuzgacha koʻpchilik IT mutaxassisini maʼlum dasturni yaratuvchi dasturchi, deb oʻylashadi. Ammo, IT sohasida koʻplab mutaxassisliklar mavjud boʻlib, ular asosan boshqaruv va tadbirkorlik mahoratini, shuningdek, moliya, marketing va boshqa sohalar boʻyicha koʻnikmalarni talab qiladi.

MBA darajasi orqali qanday afzalliklarga ega boʻlishingiz mumkin?

MBA darajasiga ega boʻlish dunyoning har qanday sohada faoliyat olib boradigan eng yirik kompaniyalariga, shu jumladan IT kompaniyalariga muvaffaqiyatli ishga joylashish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.

Xalqaro bozorda ishlaydigan yoki xalqaro savdo operatsiyalari bilan shugʻullanadigan IT-kompaniyalar har doim yaxshi biznes administratoriga, ayniqsa MBA darajasiga ega boʻlgan mutaxassislarga muhtoj.

Bundan tashqari, MBA dasturlarida talim jarayonida olingan bilimlar oʻz IT biznesini yuritadigan yoki oʻz startapini boshlashni rejalashtirganlar uchun juda foydali va ayni muddao boʻladi.
Bularning barchasi dunyoning turli xil universitetlarida taqdim etiladigan MBA dasturlari davomida qamrab olinishi mumkin.

Xorijiy biznes tahlilchisi Mariya Kuzenkovaning aytishicha, u IT kompaniyadagi ikki yillik faoliyatidan soʻng, karyerasining oʻsishi uchun yetarli darajada biznes koʻnikmalariga ega emasligini angladi.

“MBA dasturi menga menejment sohasi boʻyicha toʻliq nazariy va amaliy bilimlarni berdi. Shuningdek, u menga ingliz tilidagi ogʻzaki va yozma koʻnikmalarimni oshirishga, taqdimot yaratish va jamoat oldida nutq soʻzlashni yaxshilanishiga yordam berdi. Undan tashqari, dastur menga jamoada ishlashni va yetakchi boʻlishdan hech qachon qoʻrqmaslikni oʻrgatdi. Ammo, mening fikrimcha, dastur jarayonida eng muhimi terang fikrlash va murakkab muammolarni yechish kabi qobiliyatlarimni oshirishga sazovor boʻldim”, – dedi Mariya.

Shuningdek, Mariya olgan bilimi unga boshqa nomzodlarga nisbatan sezilarli ustunlik va shaharning eng yaxshi kompaniyalari orasidan tanlov qilish imkoniyatini berganini tan oldi. Natijada, Mariyaning daromadi sezilarli darajada oshdi.

“Ushbu olgan koʻnikmalarim hozirgi IT sohasidagi kasbim davomida foydali boʻldimi? Albatta. Biznes tahlilchisi uchun biznes va biznes jarayonlari qonuniyatlarini anglash, global va samarali fikr yuritish, yuqori menejment va jamoa bilan muloqot qilish koʻnikmalariga ega boʻlish, shuningdek, seminarlar oʻtkazish va gʻoyalarni taqdim etish juda muhimdir. Olgan tajribam duch kelgan barcha qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli yengishga va oʻz qobiliyatlarimga ishonishga yordam beradi”, - dedi Mariya.

Qaysi universitetlar MBA darajasini olish imkoniyatini taqdim etadi?

Chet eldagi deyarli barcha top universitetlar. Ammo agar biz Oʻzbekistonning universitetlarini olib qaraydigan boʻlsak, unda soʻngi maʼlumotlarga koʻra, Toshkentda joylashgan Yeoju universiteti biznes boshqaruv yoʻnalishi boʻyicha magistratura dasturini taqdim etuvchi universitetlardan biri hisoblanadi..

Yeoju universitetidagi MBA va kompyuter sohasi boʻyicha magistratura dasturlari quyidagi yoʻnalishlarni qamrab oladi:

- IT menejmenti;
- Big Data menejmenti; 
- Muhandislik menejmenti;  
- Sunʼiy idrok;
- Kiberxavfsizlik;
- Maʼlumotshunoslik.

Har bir MBA dasturi haqida qisqacha maʼlumot:

 

1) IT menejmenti
Siz IT menejmenti dasturida IT infratuzilmalarni rivojlantirish va boshqarish, xalqaro loyihalarni boshqarish konsepsiyalari va ichki manfaatdor tomonlar va mijozlar uchun IT xizmatlarni amalga oshirish haqida maʼlumot olishingiz mumkin. Shuningdek, dastur talabalari dasturiy taʼminot ishlab chiqish asoslarini va IT sohasida maʼlumotlarni muhofaza qilish va undagi axborot xavfsizligi kabi mavzularni oʻrganib boradilar. Mutaxassislarning “nou-xau”laridan tashqari, talabalar umumiy menejment sohasi boʻyicha chuqur bilimga ega boʻlishlari mumkin.

Taʼlim tizimi

Gibrid - nafaqat onlayn va oflayn rejimda, balki raqamli kurs materiallaridan tarkib topgan virtual kampus.

Kurs mazmuni

• IT loyihalarni boshqarish tamoyillari va vazifalari;

• Dasturiy taʼminotning yashash sikli;

• Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish bosqichlari va sizning undagi oʻrningiz;

• Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish jarayonlari;

• Moslashuvchan boshqarish va aloqa usullari;

• IT xizmatlarini boshqarish asoslari;

• IT infratuzilmasi kutubxonasi (ITIL);

• IT autsorsing;

• IT arxitekturasini boshqarish;

• IT dasturlarning portfelini shakllantirish va boshqarish;

• IT va arxitektura boshqaruvining tashkiliy tarkibi.

2) Big Data Management

Maʼlumotlar barcha faoliyat sohalarida mavjud (onlayn xaridlar, moliyaviy xizmatlar, aviatsiya, sayohat, turizm, telekommunikatsiya va boshqalar). Big Data Management dasturi talabalarni ushbu maʼlumotlarni qayta ishlashga va undan foydali usulda foydalanishga oʻrgatadi. Shuningdek, ushbu dasturni oʻrganuvchilar katta maʼlumotlarni boshqarish ixtisosligi va umumiy menejment sohalari boʻyicha chuqur bilimga ega boʻladilar.

Taʼlim tizimi

Gibrid - nafaqat onlayn va oflayn rejimda, balki raqamli kurs materiallaridan tarkib topgan virtual kampus.
Kurs mazmuni

• Maʼlumotlar tahliliga kirish;

• Statistik maʼlumotlar;

• Maʼlumotlarni yigʻish;

• Big Data usullari va texnologiyalari;

• Maʼlumotlarni tahlil qilishning huquqiy jihatlari;

• Sanoat sohasida katta maʼlumotlar dasturlaridan foydalanish

3) Muhandislik menejmenti
Muhandislik menejmenti sohasida talabalar isteʼdodli odamlarni boshqarish bilan bir qatorda bozor strategiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish, tovar boshqaruvi va undan foyda topishni oʻrganadilar. Muhandislik menejmentiga ixtisoslashgan MBA dasturi orqali talabalar Internet mahsulotlarni, shuningdek, biznes, ijtimoiy va ekologik muammolarni bir biridan ajratishni oʻrganadilar.

Taʼlim tizimi

Gibrid - nafaqat onlayn va oflayn rejimda, balki raqamli kurs materiallaridan tarkib topgan virtual kampus.
Kurs mazmuni

• Internetdagi narsalar

• Mahsulot ishlab chiqarish

• Ishlab chiqarish usullari

• Sanoat 4.0

• Dizayn tafakkuri
Har bir kompyuter fanlari magistratura dasturi haqida qisqacha maʼlumot:

1) Sunʼiy idrok

Dastur talabalarni sunʼiy idrok sohasida ishlashga tayyorlaydi. Dastur bitiruvchilari yangi avlodning idrokli tizimlarni yanada takomillashtirishga hissasini qoʻshadigan mutaxassislar boʻlishi bilan bir qatorda sunʼiy idrok boʻyicha muvaffaqiyatli loyiha guruhlari rahbarlari yoki inson va sunʼiy idrokning oʻzaro taʼsiri ustida ishlaydigan dizaynerlar boʻlib yetishishadi.

Taʼlim tizimi

Gibrid - nafaqat onlayn va oflayn rejimda, balki raqamli kurs materiallaridan tarkib topgan virtual kampus.
Kurs mazmuni

Kompyuter nigohi va tabiiy qayta ishlash

Tillar;

• Ilgʻor Robototexnika 4.0;

Amaliy avtonom boshqaruv.

2) Kiberxavfsizlik

Kiberxavsizlik sohasidagi kompyuter texnologiyasi” dasturida talabalar algoritm va maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha asosiy koʻnikmalardan tashqari, IT xavfsizligi boʻyicha chuqur bilimlarga ega boʻladilar. Shuningdek, ushbu dasturda tahsil olayotgan talabalar uslubiy, shaxsiy va ijtimoiy konikmalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Taʼlim tizimi

Gibrid - nafaqat onlayn va oflayn rejimda, balki raqamli kurs materiallaridan tarkib topgan virtual kampus.

Kurs mazmuni
• IT menejmenti va xizmatlarni boshqarish;

• Blokcheyn va kvant hisoblash;

• Kengaytirilgan kiberxavfsizlik va kriptologiya.

3) Data Science (Maʼlumotshunoslik)

Maʼlumotshunoslik dasturida talabalar Machine learning(Mashinaviy oʻrganish), deep learning, advanced statistics va boshqa koʻnikmalarga ega boʻladilar.

Taʼlim tizimi:

Gibrid - nafaqat onlayn va oflayn rejimda, balki raqamli kurs materiallaridan tarkib topgan virtual kampus.
Kurs mazmuni:

• Big Data va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish;

• Ishlab chiqarish va

sanoat avtomatizatsiyasining idrokli usullari;

• Amaliy avtonom transport vositalari

Yeoju Universitetida MBA va kompyuter texnologiyalari boʻyicha magistratura dasturlarining afzalliklari:

1) Talaba bakalavriat dasturida qaysi mutaxassislikni tamomlaganidan qatʻiy nazar MBA va Master of Computer Science dasturlarida taʼlim olishingiz mumkin;

2) Qisqa vaqt davomida (bir yoki bir yarim yil) diplom olish imkoniyati;

3) Oʻqish toʻlovlarini tejash imkoniyati;

4) Hamkor Germaniya universitetlaridan birida universiteti akademik almashinuv dasturi boʻyicha tahsil olish imkoniyati;

5) Dasturni tamomlagan soʻng, ikkita diplom (oʻzbek va nemis) olish imkoniyati.

Maʼlumot uchun:

Toshkentdagi Yeoju texnika institutining asosiy vazifasi yuqori malakali kadrlar va mehnat bozorida talab qilinadigan zamonaviy kasbiy mahoratga ega mutaxassislarni tayyorlashdir. Shu sababli, taʼlim dasturlari iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy talablari va tendensiyalariga muvofiq holda, shuningdek, potensial ish beruvchilar bilan kelishilgan holda shakillantiriladi.

Institut zamonaviy moddiy-texnik bazaga ega. Shu bilan bir qatorda, institutning axborot resurs bazasi doimiy ravishda yangilanib turadi. Umuman olganda, institutda talabalarning sifatli taʼlim olishi va boʻsh vaqtini maroqli oʻtkazishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Taʼlim jarayoniga AQSh, Buyuk Britaniya, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabiston va boshqa mamlakatlardan chet ellik professorlar jalb qilingan. Oʻqituvchilar tarkibining milliy jamoasi asosan AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarning yetakchi xorijiy universitetlarini tamomlagan bitiruvchilar orasidan shakllantirilgan.

Universitet veb sayti: https://ytit.uz/ru/

Aloqa uchun:

99 6039231

97 2649591

97 7534306



 






 

2020-12-01