Matbuot anjumani: IT Park 2022-yilda nimalarga erishdi?

23-fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida IT Park faoliyatining 2022-yil yakuni va 1 million dollarlik Prezident tanloviga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanda Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov, vazir maslahatchisi Kamola Sobirova, IT Park Uzbekistan direktori Farhod Ibragimov, direktorning birinchi oʻrinbosari Abdulahad Qoʻchqorov, direktorning innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Jahongir Rajabov, raqamli taʼlimni rivojlantirish boʻyicha direktor oʻrinbosari Mahliyo Muksinova, Kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Jamila Xalibayeva va boshqalar ishtirok etdi.

Rustam Karimjonov oʻz nutqida raqamli taʼlim ekotizimini yaratish, yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish va ularning manfaatlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar haqida gapirdi.

Xususan, bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning 6 ta filiali, Toshkent shahridagi Inha va Amity universitetlari kabi IT universitetlarida 35 dan ortiq mutaxassislik boʻyicha 29 mingdan ortiq oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlanmoqda.

2023-yilda oʻz bitiruvchilarini IT-xizmatlarini eksport qiluvchi korxonalarga ishga joylashtirgan taqdirda, oʻquv markazlariga har bir mutaxassis uchun 25 million soʻmgacha, nogironligi boʻlgan yoshlarga esa 35 million soʻmgacha subsidiyalar berish mexanizmi ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, iqtidorli yoshlarni saralash, qoʻshimcha oʻqitish va xalqaro mehnat bozoriga tayyorlash tizimini joriy etish choralari koʻriladi.

Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova Oʻzbekistonda xotin-qizlarning IT-sohasidagi ishtiroki sezilarli darajada oshgani va bu borada yangi imkoniyatlar ochilgani va yangi loyihalar boshlanganini alohida taʼkidladi.

Xususan, 2022 yil aprel oyida IT Park maʼmuriyati “USAID” tashkiloti bilan hamkorlikda Raqamli texnologiyalar vazirligi koʻmagida Qoraqalpogʻistondagi ayol-qizlar uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha “IT Women – Karakalpakstan” oʻquv dasturini ishga tushirdi. Loyiha doirasida 60 nafar xotin-qizlar bepul taʼlim oldi (30 nafar ayol grafik dizayn, 30 nafari SMM boʻyicha kurslarda ishtirok etdi).

Bundan tashqari, oʻtgan yilning iyun oyida IT Park va “UNICEF”ning 12 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan qizlar, jumladan, nogironligi boʻlgan qizlar uchun IT boʻyicha oʻqitish dasturi, “Skills4Girls” qoʻshma loyihasi ishga tushirildi. Loyiha dekabr oyida oʻz nihoyasiga yetib, unda raqamli savodxonlik dasturi doirasida 214 nafar ishtirokchi, jumladan, 70 nafari mkoniyati cheklangan qizlar oʻqitildi.

Shuningdek, 19-iyulda Toshkentda yangi loyiha, ayollar uchun “GAP” IT klubi ishga tushirildi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi jamiyatimizdagi mavjud boʻlgan, yaʼni “IT sohasi qizlar uchun emas” degan stereotipni sindirish va STEM yoʻnalishda qizlar ulushini koʻpaytirishdan iborat. Klub doirasida uchta uchrashuv oʻtkazilgan boʻlib, unga maxsus mehmonlar va ekspertlar ham taklif qilindi.

Qolaversa, oʻtgan yilning noyabr-dekabr oylarida Toshkentda xotin-qizlar oʻrtasida IT yoʻnalishlari bitiruvchilari va yosh mutaxassislar uchun “Digital Internship Programm” amaliyot dasturi oʻtkazildi. Uning doirasida 53 nafar qizIT-kompaniyalarda amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega boʻldi. Shundan 23 nafar ayolishga joylashdi, qolganlari esa korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini uzaytirish imkoniga ega boʻldi.

Ushbu sohadagi islohotlarning ijobiy natijasi oʻlaroq, hududlarda, xususan Buxoro viloyatida Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti dasturi doirasida tadbirkor ayollarning IT-koʻnikmalari va raqamli marketing boʻyicha malakalarini oshirish boʻyicha IT Park va “Astrum” IT Akademiyasining qoʻshma loyihasi amalga oshirildi. Dastur tufayli 150 nafar tadbirkor ayol axborot texnologiyalari va kompyuter savodxonligi boʻyicha oʻqitildi, 90 nafar ishtirokchi esa elektron tijorat va raqamli marketingda IT vositalarini oʻrganish boʻyicha malaka oshirishning ikkinchi bosqichiga qabul qilindi.

2022-yil iyun oyi mamlakat startap-sanoati uchun ahamiyatli oy boʻldi: ayollar startaplarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yirik IT Park Tumaris.tech loyihasi Axborot jamiyati forumi 2022 (WSIS 2022) boʻyicha Butunjahon sammiti gʻolibi boʻldi.

Loyiha USAID bilan hamkorlikda amalga oshirilib, 2022-yilda Markaziy Osiyo bosqichiga chiqdi. Ayollar loyihasining muvaffaqiyati xalqaro mukofot bilan taqdirlandi: bu yil “Tumaris.Tech” Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) tomonidan “Capacity building” sohasidagi eng yaxshi xalqaro loyiha deb topildi. Loyihaning butun faoliyati davomida: 200 dan ortiq talabalar IT kurslarida tahsil olgan; 113 ta startap loyihalar; 70 nafar talaba investitsiyalar boʻyicha oʻqitilgan; 30 ta tayyor trekerlar; hakatonlarda 68 ta ishlab chiqilgan prototiplar.

IT Park rahbari Farhod Ibragimov tashkilotning 2022-yilda erishilgan maqsadlari toʻgʻrisidagi hisobotini taqdim etdi va 2023-yilga moʻljallangan rejalari bilan oʻrtoqlashdi. U bugungi kunda IT Park faoliyati Oʻzbekistonda IT sohasini rivojlantirish boʻyicha yangi loyihalar yaratishga yoʻnaltirilganligini va 2022-yil tashkilot uchun alohida muvaffaqiyat va yutuqlar bilan belgilanganini taʼkidladi.

IT-ta’lim bo‘yicha erishilgan yutuqlar

2022-yilda IT Park tomonidan “EPAM” kompaniyasi bilan birgalikda talabalar zamonaviy va talabgir IT kasblarini oʻrganishlari mumkin boʻlgan ilk onlayn oliy ta’lim muassasasi – IT Park University ishga tushirildi. 2022-yilda 399 kishi o‘qishga qabul qilinib, shundan 84 foizi (326 nafar) bakalavriat bosqichi talabasi bo‘ldi, qolgan 16% esa “Foundation”, ya’ni IT asoslarini o‘rganishga qaror qildi.

2023-yilning ikkinchi choragida IT Park University xalqaro amaliyot dasturini yo‘lga qo‘yadi va eng ilg‘or talabalarning birinchi guruhini Litva, Latviya va Polshaga jo‘natadi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida IT Park xalqaro IT-sertifikatni olishga sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya qo‘lga kiritishimkoniyatini beruvchi dasturni ishga tushirdi. IT Park "CISCO", "SAP", "Microsoft", "Google", "Coursera" kabi kompaniyalarning xalqaro sertifikatlarini qoplab beradi. 2022 yilda kompensatsiyalar soni 500 ta sertifikatdan oshdi. Ularning 15 foizi ayollar, 85 foizi erkaklar edi.

IT sohasi bo‘yicha ta’lim olishni xohlovchi, lekin o‘quv kurslariga borish uchun mablagʻi yoʻq yoshlar uchun ta’lim kreditlari beriladi. Bundan tashqari, ITPark rezidenti bo‘lgan ta’lim muassasalari bitiruvchilari kompyuter texnikasini xarid qilish uchun foizsiz kredit olishlari mumkin.

Bundan tashqari, 2022-yilda 46 400 nafardan ortiq talaba IT Parkning 205 ta IT markazida tahsil oldi. Talabalarning umumiy soni esa 128 ming nafardan ortiqni tashkil etdi. Shuningdek, respublika bo‘yicha 33 mingdan ortiq davlat xizmatchisi axborot texnologiyalari sohasida malaka oshirish kurslarini tamomlagan bo‘lsa, ulardan 2022-yilda 17 ming nafardan ortig‘i malaka oshirish kurslarini yakunlagan.

IT Park infratuzilmasi

O‘tgan yilning asosiy yangiliklaridan biri IT Park majmuasi qurilishining ilk bosqichi yakunlangani bo‘ldi. 2022-yil sentabrigacha 6 ta ofis binosi, konferensiya zali va 1800 ta avtoturargoh qurib bitkazildi.

Shuningdek, 2022-yilda 2 ta viloyatda, Qashqadaryo va Xorazmda IT Park filiallari ochildi. Bugungi kunda filiallarning umumiy soni 11 tani tashkil etadi.

Qo‘llab-quvvatlash dasturlari

Bundan tashqari, moliyalashtiruvchi tashkilot – IT bilimlarini rivojlantirish markazi (IT Bilim) va markaz platformasi bilgi.uz ishga tushirildi. IT Bilim faoliyatni rivojlantirish (IT Park taʼlim rezidentlari uchun) va IT mutaxassisliklari boʻyicha oʻqitish (barcha uchun) uchun maqsadli kreditlar ajratadi. bilgi.uz platformasi loyihaning barcha ishtirokchilarini, ya’ni IT sohasida bilim olishni xohlovchi, jumladan, moliyaviy ko‘makka muhtoj yoshlar; ta’lim muassasalari; vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va h.k. hamda moliyalashtiruvchi tashkilotning o‘zini yagona elektron makonda mahalliylashtirish maqsadida yaratilgan.

Startap-ekotizim rivoji

2022-yil iyun oyi mamlakat startap-sanoati uchun muhim yil bo‘ldi: IT Parkning ayollar startaplarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan eng yirik loyihalaridan biri “Tumaris.Tech” 2022-yilgi Axborot jamiyati forumi boʻyicha  Butunjahon sammiti g‘olibiga aylandi (WSIS 2022).

Loyiha “USAID” tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirildi va 2022-yilda Markaziy Osiyo bosqichiga chiqdi. Loyiha muvaffaqiyatliligi oʻlaroq xalqaro mukofot sohibi boʻldi. Xususan, joriy yil “Tumaris.Tech” Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) tomonidan “Capacity building” yo‘nalishidagi eng yaxshi xalqaro loyiha deb topildi. Loyiha davomida 200 dan ortiq kishi IT kurslarida ta’lim oldi; 113 ta startap loyiha ishlab chiqildi; 70 nafar kishi investitsiyalar bo‘yicha o‘qitildi; 30 nafar trekerlar tayyorlandi; xakatonlarda 68 ta prototip ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, 2022-yilda O‘zbekistonda “Plug and Play” global innovatsion platformasi uchun texnologik markaz ochildi va akseleratorda ishtirok etish uchun ilk qabul jarayoni e’lon qilindi, bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston startap ekotizimlari uchun katta voqea bo‘ldi. Ushbu akselerator PayPal, Dropbox, Shippo va boshqalar kabi yakkashox-startaplarning (unicorn startups) birinchi investorlaridan biridir. “Plug and Play”, shuningdek, Mercedes Benz, Procter & Gamble, Bosch va boshqalar kabi global korporatsiyalar bilan hamkorlik qiladi. Joriy yilning mart oyidan boshlab “Plug and Play” kompaniyasi  har yili mahalliy startaplarni jahon bozorlariga olib chiqishga qaratilgan 2 ta akseleratsiya dasturini ishga tushiradi.

BAA hukumati bilan birgalikda talabalar va maktab o‘quvchilari o‘rtasida davlat xizmatlari uchun eng yaxshi mobil ilovalar tanlovi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Musobaqada O‘zbekistonning barcha hududlaridan 100 dan ortiq jamoalar qatnashib, dastlabki uch o‘rin jami 100 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi mukofotni qo‘lga kiritdi. Ushbu tanlov g‘oliblarining muvaffaqiyatini alohida ta’kidlash joiz, ayrim jamoalar o‘z yechimlarini hozirda davlat organlariga tatbiq etmoqda. Butunjahon hukumatlar sammiti doirasida tashkil etilgan “M-Gov Award” global tanlovida yetakchi 7 talikka kirgan “Don’t waste” jamoasi dunyoning turli burchaklaridan kelgan 1000 ta jamoa orasidan 2-o‘rinni egalladi va 136 000 AQSh dollari bilan taqdirlandi.

Investitsiyalarga kelsak, 2022-yilda startaplar 15 000 000 AQSh dollari miqdorida sarmoya jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi.O‘zbekistonning “Billz”, “Tass”, “Iman”, “Coozin”, “GrowyMe” kabi startaplari xalqaro bozorlar ko‘lamida kengayishni boshladi.

“Aloqabank” va “AloqaVentures” bilan birgalikda “AloqaTechLab” korporativ akseleratori o‘tkazildi. Unda 52 ta startap ishtirok etdi va dastur natijasida 7 ta kompaniya “AloqaVentures” kompaniyasidan investitsiya taklifini oldi, ulardan 3 tasi (The Mind, Beautify, Cradle) jami 250 000 AQSh dollari miqdorida venchur moliyalashtirilishini qo‘lga kiritdi.

“AloqaTechLab”da ishtirok etishdan tashqari, IT Park startaplari 2022-yilda 500 “Georgia”, “Google for Startups” va boshqalar kabi yirik xalqaro akseleratsiya dasturlarida ishtirok etishdi.Umuman olganda, IT Park faoliyatidavomida 350 ta startap inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari, tanlov va xakatonlarda ishtirok etdi. Hozirda butun mamlakat bo‘ylab 41 ta inkubatsiya markazi faoliyat ko‘rsatmoqda, 1400 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi.

“President Tech Award” tanlovi

Hukumat tomonidan startap yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.Fikr tasdig‘i sifatida “President Tech Award”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tanlovni misol keltirish mumkin.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 1 000 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi eng ilg‘or startap loyihalari nominatsiyasi uchun tanlov asosiy va maxsus yo‘nalishlarga bo‘linadi. Asosiy yo‘nalish 5 ta toifani o‘z ichiga oladi: “Sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar”, “Ijtimoiy sohadagi raqamli texnologiyalar”, “Axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi texnologiyalar”, “Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar”, “Kompyuter va mobil o‘yinlar”. Sovrin jamg‘armasi quyidagicha taqsimlanadi:

1. Har bir asosiy toifa uchun:

·        1-o‘rin- $100 000;

·        2-o‘rin - $50 000;

·        3-o‘rin - $30 000.

2. Xakaton Gran-prisi (maxsus yo‘nalish) - $100 000 dollar (bitta g‘olib). Bu ishtirokchilarga 72 soat ichida raqamli yechimlarni yaratish uchun noyob imkoniyatdir.

Ro‘yxatdan o‘tish 1-maydan 1-iyulgacha awards.gov.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. Tanlovda 3-8 kishilik (asosiy yo‘nalishda) va 3-5 kishilik (maxsus yo‘nalishda) jamoalar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovning asosiy yo‘nalishida faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, maxsus yo‘nalishda esa IT Park rezidentlari xodimlari bo‘lgan chet el fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Asosiy va maxsus yo‘nalishning 1 ta tanlangan toifasida ishtirok etishga ruxsat etiladi. Ishtirok etish bepul.

Baholash jarayoni startapni rivojlantirish sohasida katta xalqaro tajribaga ega mustaqil kompaniya tomonidan amalga oshiriladi. Tanlovning asosiy yo‘nalishlari g‘oliblari ommaviy ovoz berish yo‘li bilan, Xakaton g‘olibi (maxsus yo‘nalish) esa mustaqil tashkilot tomonidan aniqlanadi.

Shaffoflik va oshkoralikni ta’minlash maqsadida mazkur tanlovning barcha bosqichlari maxsus portalda o‘tkaziladi.

IT Parkda rezidentlik

Mamlakatimizda IT-sanoatni rivojlantirish va mahalliy kompaniyalar uchun qulay shart-sharoit yaratishga, qolaversa, xorijiy kompaniyalarni jalb etishga faol e’tibor qaratilmoqda.

Ta’kidlash joizki, 2022-yil 1-apreldan boshlab IT Park rezidentlari qo‘shimcha qator imtiyoz va preferensiyalarga ega bo‘ldi.

  • mutaxassislar va investorlar, shuningdek, IT Park rezidentlarining xorijiy taʼsischilariga 3 yillik IT-viza taqdim etiladi;
  • rezidentlarning xorijiy ta’sischilari dividendlariga solinadigan soliq 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirildi;
  • xorijlik mutaxassislar O‘zbekiston hududida ishlash huquqi uchun ruxsatnoma olmasdan jalb etilishi mumkin;
  • ish/xizmatlarni eksport qilishdan tushgan tushumlar doirasida o‘z xorijiy ta’sischilari va mutaxassislari debet kartalariga xorijiy valyutada dividendlar va ish haqi to‘lash huquqi;
  • xodimlar uchun masofaviy ishlarni tashkil qilish va kompaniyani ofis maydonini ijaraga olishdan ozod etish imkonini beruvchi virtual ofis xizmati. Qolaversa, virtual ofisdan foydalanish kompaniyani yuqori soliq xavfi sifatida tasniflash uchun asos bo‘la olmaydi.

Shuningdek, qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha “OneStopShop” tamoyili joriy etilgan boʻlib, undan 100 dan ortiq korxonalar foydalanib ulgurdi.

2022-yil oxiriga kelib IT Park rezident kompaniyalari soni 1122 taga yetdi (Toshkent – ​​804, viloyatlar – 318). Shundan: eksport qiluvchilar soni– 324 ta; BPO - 151; ta’lim - 207; xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar – 165 ta.

2022-yil yakuniga ko‘ra IT-xizmatlar hajmi 5,1 trln. soʻmni, eksport hajmi 140 million dollarni tashkil etdi, shundan BPO xizmatlari eksporti hissasiga 65,1 million AQSH dollari toʻgʻri keldi.  IT Park rezident-kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar soni 18 ming nafarni tashkil etdi. Bundan tashqari, 2022-yilda respublikada 17 ta BPO markazi ochilib, ularda 450 dan ortiq kishi ish bilan ta’minlandi.

Xalqaro hamkorlik

Fevral oyida IT Park keng ko‘lamli “TashRush” dasturini ishga tushirdi. Bir qator bepul xizmatlarga ega relokatsiya dasturi (xorijiy kompaniyalar va ITmutaxassislariga yuridik shaxslar va bank hisob raqamlarini ochish, uy-joy, ofislar topish va xodimlarni yollashda ko‘mak beriladi). Dastur tufayli 3000 dan ortiq xorijlik IT-mutaxassislar O‘zbekistonga ko‘chib keldi.

“TashRush” bilan parallel ravishda IT Park “IT Visa” dasturini ishga tushirdi. U Oʻzbekiston hududiga 3 yilgacha toʻsiqsiz ravishdakirib-chiqish imkonini beradi. 2022-yil yakuniga ko‘ra jami ko‘rib chiqilgan arizalar soni 373 tani tashkil etdi. Ulardan 250 ta murojaat IT-mutaxassislardan, 117 ta ariza IT Park rezidentlari ta’sischilaridan, 6 ta murojaat investorlardan kelib tushdi.

Ekspertlar kengashining umumiy xulosasiga ko‘ra, ariza beruvchilar uchun keyinchalik IT-viza olishni nazarda tutuvchi jami 229 dona IT-karta (tavsiyalar) chiqarildi (shundan: IT-mutaxassislari – 163 nafar, IT Park rezidentlari ta’sischilari – 63 ta, investorlar - 3).

G‘arb bozori ham chetda qolgani yo‘q: 16-noyabr kuni Germaniyaning Heidelberg shahrida IT Park vakolatxonasi ochildi. Germaniyaning IT va logistika kompaniyalari bilan hamkorlik IT xizmatlari eksportini oshirishga yordam beradi. Ayni paytda tashkilot AQSH, Latviya va Germaniyada o‘z vakolatxonasiga ega.

Shuningdek, Jahon banki bilan hamkorlikda “Uzbekistan Digital Inclusion” loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Loyiha BPO sohasini rivojlantirish va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan boʻlib, bir qancha komponentlarni oʻz ichiga oladi: Oʻzbekiston yoshlarini ishga joylashish uchun zarur boʻlgan raqamli va til koʻnikmalariga oʻrgatish, BPO kompaniyalarini qoʻllab-quvvatlash, hududlarda infratuzilmani rivojlantirish va Oʻzbekistonni jahon bozorida yangi autsorsing makoni sifatida targʻib qilish.

2023-yil uchun rejalar

2023-yil yanvar oyida IT Park tomonidan YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va “Virtual Group” IT kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi va Akfa university tomonidan “Open Data Challenge” xakatoni bo‘lib o‘tdi.

Startap ekotizimini rivojlantirish sohasida boshqa tadbirlar ham bo‘lib o‘tadi. Fevral oyida “Students Cup” talabalar kubogi, bahor oyida “TumarisTech” ko‘rgazmasini o‘tkazish rejalashtirilgan. “President Tech Award” tanlovi esa may oyida boshlanadi.

IT-ta’lim ham chetda qolmadi. 2022-yilda “AKT haftaligi” davomida o‘tkazilgan “IT Education” forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park va “Coursera Inc” o‘rtasida kelishuvga erishildi, unga ko‘ra 2023-yildan boshlab 1,2 mln kishi “Coursera” ta’lim platformasida 5 ta asosiy IT yo‘nalishlari bo‘yicha bepul onlayn o‘quv kurslarida qatnashish imkoniyatiga ega. Shuningdek, hujjat loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni 2023-yilda platformaning barcha kontentidan foydalanish huquqini beruvchi 10 ming dona litsenziya sotib oladi.

IT Bilim loyihasi doirasida 2023-yilda 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 3500 ga yaqin xohlovchilarga IT sohasida ta’lim olish uchun to‘lovlarni amalga oshirishda moliyaviy yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan. Shuningdek, loyiha sifatli ta’lim berish va o‘qishni tugatgan stipendiya egalarini ish bilan ta’minlashda ko‘maklashish sharti bilan ta’lim muassasalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni zimmasiga oladi.

2023-yilda yoshlar uchun xalqaro IT sertifikatlariga sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha qoplab berish loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yoshlari uchun qariyb 4 milliard so‘m miqdorida 3000 dan ortiq sertifikatlar kompensatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, ta’lim muassasalarini rag‘batlantirish dasturini joriy etish rejalashtirilmoqda. Ushbu mexanizm ish bilan ta’minlangan har bir bitiruvchisi uchun ta’lim rezidentiga to‘lovlarni nazarda tutadi. Ta’lim loyihalarini amalga oshirish doirasida O‘zbekistonda yoshlar uchun 1000 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Eksport hajmiga kelsak, 2023-yilda rezidentlar eksporti hajmini $300 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.Mazkur jarayon malakali mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, eksportchilar sonining ko‘payishi hisobiga amalga oshiriladi.

IT Park O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi IT-xab sifatidagi nufuzini mustahkamlash, jumladan, xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish va yirik xalqaro IT-kompaniyalarni jalb etish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi. Bundan tashqari, 2023-yilda O‘zbekistonni yangi BPO makoni sifatida targ‘ib etish, salmoqli BPO buyurtmalari va BPO kompaniyalarini jalb qilish rejalashtirilgan.

Eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, xorijiy IT-kompaniyalarni O‘zbekiston bozoriga jalb qilish maqsadida IT Park rezidentlari faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Ular sirasiga ijodiy sanoat yo‘nalishidagi faoliyat turlari kelib qo‘shildi (grafik dizayn, veb-dizayn, 3D dizayn, vizual dizayn, “motion” dizayn va boshqalar). Kreativ sanoat jadal rivojlanib borayotgani va dunyoda eng talabgir sohalardan biriga aylanayotgani sababli, IT Park, o‘z navbatida, ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yoshlarni mazkur yo‘nalishda o‘qitish, ularni yuqori maoshli ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, Davlatimiz rahbari xorijiy buyurtmalarni jalb qilishga qo‘shimcha sharoitlar yaratish zarurligini ta’kidladi. Shu bois IT Parkda xorijiy kompaniyalar uchun Raqamli moliya texnologiyalari markazi tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

2023-02-24