MDHʼdagi yetakchi tizim integratorlaridan biri TerraLink O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

MDH mamlakatlari axborot texnologiyalari bozorida yetakchi oʻrinni egallagan yetakchi tizim integratorlaridan biri – TerraLink vakillari, SAP biznesni rivojlantirish boʻyicha direktori Eldar Bilyalov va kalit mijozlari bilan ishlash boʻyicha menejer Rinat Xanbekov IT Parkʼga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar IT Park vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari va IT Park rezidentlariga qo‘yiladigan talablarni muhokama qildilar. TerraLink kompaniyasi IT Park rezidenti boʻlish uchun va uning faoliyatini Oʻzbekistonda rivojlantirishdan manfaatdor.

Natijada tomonlar Oʻzbekiston bozoriga kirish va IT Park rezidenti boʻlish boʻyicha barcha tafsilotlarni muhokama qildilar.

TerraLink haqida

Kompaniya 1898-yilda Kanadada tashkil etilgan. 1994-yildan beri TerraLink Rossiya va MDH bozorlarida ishlaydi.

Kompaniyaning asosiy faoliyati: biznes-konsalting, SAP-ekspertizasi, ECM-ekspertizasi, infratuzilma yechimlari, ishlab chiqarish yechimlari, yuridik ahamiyatga ega elektron hujjat aylanishi.

Jamoada 800 dan ortiq mutaxassislar ishlaydi. Kompaniyaning 2020-yildagi daromadi 60 000 000 AQSH dollaridan ortiqni tashkil etdi. Bugungi kunda TerraLink Rossiyaning TOP-100 ta eng yirik IT-kompaniyalari qatoriga kiradi.

2022-02-21