2021-yil 11-dekabrdan “mGovAward” davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha respublika tanlovining ikkinchi to‘lqiniga start beriladi. Tanlovda O‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlari talabalari, shuningdek, umumta’lim va o‘rta maxsus maktab o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov tashkilotchilari IT Park, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, BAA Hukumati, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidir.
Tanlov 8 yo‘nalishda o‘tkaziladi:
Musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 100 000 dollarni tashkil qiladi.
Raqobatchilar yuqorida sanab o‘tilgan sakkiz yo‘nalishdan birida davlat sektori uchun mobil ilova ishlab chiqishi kerak.
“mGovAward” tanlovi haqida batafsil ma’lumotni onlayn formatda 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan tanlovning rasmiy ochilish marosimida bilib olishingiz mumkin.
Vaqt: 11:00
Translyatsiya uchun havola: https://clck.ru/ZDtA9
2021-12-07