Microsoft'ning SEO eksperti IT-kompaniyalari uchun qidiruv tizimlari optimizatsiyasi haqida

11-noyabr kuni soat 15:00da Amity Universityʼda IT-kompaniyalar va startaplar uchun “Startaplar uchun zamonaviy Google SEO” mavzusida Startup Advice bo‘lib o‘tadi.

Mahorat darsi oʻz veb-saytiga qidiruv trafigini olishni rejalashtirayotgan kompaniyalar, shuningdek, zamonaviy qidiruv tizimini optimallashtirish (SEO) haqida batafsil maʼlumot olishni istaganlar uchun moʻljallangan.

Mentor Shavkat Karimov boʻladi. U tadbirkor va top-menejer, Rossiya hamda AQShdagi bir nechta kompaniyalarning egasi (Puls Soʻrov, Reputation Management Kings, Favorite Words). U soʻnggi uch yil davomida Microsoftʼda qidiruv tizimini optimallashtirish boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan va Answers deb nomlangan dunyodagi eng yirik texnik jamoalardan birini boshqargan. Ushbu kunlargacha u ish qidirish, rezyume tayyorlash va karyera sohalarida xalqaro yetakchilardan biri boʻlgan BOLD global kompaniyasida vitse-prezident lavozimida ishlagan.

Ikki soatlik sessiya davomida u ishtirokchilarga qidiruv tizimlarining qanday ishlashi haqida soʻzlab beradi, Google va boshqa qidiruv tizimlarida pozitsiyalarni yaxshilashning samarali va ahamiyatsiz boʻlmagan usullari bilan tanishtiradi va SEO vazifalari bo‘yicha barcha savollarga javob beradi.

Tadbir rus va ingliz tillarida olib boriladi. Ishtirok etish bepul, joylar soni cheklangan.

Uchrashuvga ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻting (10-noyabrgacha):

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeOfFqz7oxY9jd58EonXWaSkrGwTmmxOXYtcEVARk30TgY9Rg/viewform 

2022-11-04