Namangan viloyatida yangi kovorking markazi va IT-maktab ochildi!

Namangan viloyati Davlatobod tumanida “Yangi O‘zbekiston - yoshlar ziyo maskani” axborot-kutubxona markazida kovorking zonasi va IT Park qoshida faoliyat yuritadigan IT-maktab filiali ishga tushirildi.

Kundan-kunga axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan talab hamda yoshlarda IT-loyihalarni amalga oshirish ishtiyoqi tez sur’atlar bilan ortib borayotganligi sababli, hukumat o‘z oldiga yurtimizda IT sohasini rivojlantirish uchun xalqaro standartlarga muvofiq barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishni maqsad qilib qo'ydi.

Shu maqsadda 2021-yil 15-iyun kuni Namangan viloyatida yangi kovorking zonasi va IT-maktab filialining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashabbus Namangan viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq amalga oshirildi.

Ochilish marosimida IT Park direktorining hududlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulahad Qo‘chqorov, Namangan viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari Tolibjon Yusupov, IT Park rezidentlari, frilanserlar va yoshlar ishtirok etishdi.
Ta’kidlash joizki, IT Park’ning ikki nafar rezidenti ham Namangan viloyati hududida joylashgan. Ular kovorking markazi faoliyatini olib borishadi, shuningdek, maktab o‘quvchilari va talabalarga tajribali IT mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun jon jahti bilan yordam berishadi.

Ochilish marosimi davomida IT Park rezidentlariStart-risevaUnited Club” yosh avlod uchun frilansing faoliyati imkoniyatlari, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasidagi IT loyihalar va tayyor mahsulotlarni amalga oshirishga doir tayyorlab kelgan taqdimotlarini namoyish qilishdi. Frilanserlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha  “Welcome to Namangan”, maktabgacha ta’lim uchun “Biometric Electron Davomad” kabi boshqa ko‘plab innovatsion loyihalarni taqdim etishdi.

IT-maktab va kovorking markazi yoshlarga axborot texnologiyalari sohasida kerakli ko‘nikma va bilimlarni egallashga imkon berish bilan bir qatorda, ularga ushbu sohadagi keng imkoniyatlar dunyosiga eshiklarni ochib beradi.

 

 

 

2021-06-23